Kontent qismiga oʻtish

Molla Çelebi masjidi

Koordinatalari: 41°01′56″N 28°59′26″E / 41.0321°N 28.9906°E / 41.0321; 28.9906
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Molla Çelebi masjidi
turkcha: Molla Çelebi Camii
Molla Çelebi masjidining toʻliq koʻrinishi
Mamlakat  Turkiya
Istnabul Beyoğlu tumani, Fındıkli mahallasi
Koordinatalar 41°01′56″N 28°59′26″E / 41.0321°N 28.9906°E / 41.0321; 28.9906
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Usmonli meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Kazasker Mehmet Vusuli afandi
Meʼmor Xoʻja Sinon
Binokorlik taxminan 1570—1584
Gumbaz yoʻgʻonligi 11.8 m (39 ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Molla Çelebi masjidi (turkcha: Molla Çelebi Camii), baʼzi manbalarda Fındıkli masjidi (turkcha: Fındıklı Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi. Turkiyaning Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Fındıkli mahallasida joylashgan. Masjid qurilishi Istanbulning bosh qozisi Kazasker Mehmet Vusuli afandi tomonidan buyurtma qilingan va Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan ishlab chiqilgan. Masjid Bosfor boʻgʻozi sohilida, Kabataş parom porti va Dolmabahçe masjidi yaqinida joylashgan[1][2][3].

Molla Çelebi masjidi Istanbul shahri, Beyoğlu tumani, Fındıkli mahallasi, Meclisi Mebusan koʻchasi, Yevropa Bosforining pastki qirgʻogʻi – Findikkda joylashgan. „Findikli Camii“ yoki „Fındık“ nomi bilan ham tanilgan Molla Çelebi masjidi Kabataş funikulyori va parom stansiyalari yaqinidan va dengiz qirgʻogʻidan nafis va taʼsirchan koʻrinadi, masjid, ayniqsa, tunda Bosfor boʻgʻozida juda chiroyli aks etadi[1].

Masjid qurilishi uchun Usmonli imperiyasining taniqli meʼmori Xoʻja Sinon bosh masʼul shaxs etib tayinlangan, soʻngra bosh sudya, olim va shoir sifatida mashhur boʻlgan Mehmed Vusuli afandi rahbarligida loyihalashtirilgan. Hukumat tomonidan keltirilgan manbalarga koʻra, masjid 1561-1562-yillarda qurilgan[1].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ichki qismi

Masjid dastlab meʼmor Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan olti burchakli kichik majmua sifatida qurilgan. Masjid, asosan, ikki qismdan, 18.90 metrdan 16.40 metrgacha (62.0 dan 53.8 feetgacha) oʻlchamdagi markaziy namozxona va 8.80 metrdan 4.60 metrgacha (28.9 dan 15.1 feetgacha) oʻlchamdagi mehrobdan iborat. Ustunlar devorlarga qurilgan boʻlib, ular orasida sharqdan gʻarbga tomon yoʻnalishda toʻrtta kichik yarim doira shaklidagi gumbazlar va bitta markaziy gumbaz joylashgan[1].

Masjid Usmonli meʼmorchiligining klassik uslubida qurilgan. Masjid mehrobi oʻziga xos tarzda yaratilgan boʻlib, u yerda imom nutq soʻzlashi mumkin. Mehrob ham minbar bilan bir xil uslubda bezatilgan. Masjidning koʻchaga qaragan tomonida, oʻng burchakda minora joylashgan. Minorada sherefe (minorali balkon) mavjud[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Molla Celebi Mosque“. Istanbul Metropolitan Municipality Government of Turkey. 2012-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  2. „Daily Wanderlust: Molla-Celebi Mosque in Istanbul“. Lonely planet. 2013-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  3. „Molla Çelebi Mosque“. ArchNet Digital Library. 2013-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.