Moʻjizakor ayol 1984

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Moʻjizakor ayol 1984
Wonder Woman 1984
Moʻjizakor ayol 1984 posteri.jpg
Chiqishli poster
Rejissor Patty Jenkins
Produser
Ssenariy
Hikoya
  • Patty Jenkins
  • Geoff Johns
Asosida Moʻjizakor ayol
William Moulton Marston[1]
Aktyorlar
Bastakor Hans Zimmer
Kinematografiya Matthew Jensen
Muharrir Richard Pearson
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
Distributor Warner Bros. Pictures
Premyera
  • 16-dekabr, 2020-yil(2020-12-16)

(xalqaro)

  • 25-dekabr, 2020-yil(2020-12-25)

(AQSh)

Davomiyligi 151 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $200 million[4]
Daromad $85.4 million[5][6]

Moʻjizakor ayol 1984 (inglizcha: Wonder Woman 1984) — 2020-yilda DC Comics komikslaridan tushirilgan Moʻjizakor ayol qahramoniga asoslangan hamda superqahramon janrida olingan Amerika filmi. Film 2017-yilda ishlangan Moʻjizakor ayol filmining davomi boʻlib, DC Kengaytirilgan Koinotining (DCKK) sakkizinchi badiiy filmidir. Bu film rejissori Patty Jenkins, hikoyani Geoff Johns va David Callaham yozishgan, shuningdek, filmda Gal Gadot (Diana Prince / Moʻjizakor ayol rolida), Chris Pine, Kristen Wiig, Pedro Pascal, Robin Wright va Connie Nielsen kabi film yulduzlari rol oʻynashgan.

2017-yil iyun oyida ilk film chiqarilgandan koʻp oʻtmay, film davomi haqidagi munozaralar boshlandi hamda keyingi oyda ham davom ettirish toʻgʻrisidagi qaror tasdiqlandi. Asosiy suratga olish ishlari 2018-yil 13-iyunda boshlanib, suratga olish joylari Angliyaning Leavesden shahridagi Warner Bros. Studios studiyasida, shuningdek, AQShning Kolumbiya okrugi va Shimoliy Virjiniyada, Angliyaning London va Duxford]]ll shahrilarida, Kanareya orollaridagi Tenerife va Fuerteventurada boʻlib oʻtdi. Olti oylik suratga olishdan soʻng, 2018-yil 22-dekabrda qoʻshimcha suratga olish ishlari oʻz nihoyasiga yetdi.

Moʻjizakor ayol 1984 Warner Bros. Pictures tomonidan RealD 3D hamda IMAX 3D formatlarida ommaga havola etildi.

Sujet[tahrir]

Yoshligida Diana Prince qirolicha Hippolytaning qaramogʻidagi keksa amazonkalarga qarshi Themysciradagi koʻp bosqichli sport musobaqalarida qatnashadi. Diana otidan yiqilib tushgach, raqibiga yetishish maqsadida qisqa yoʻldan boradi va musobaqani davom ettiradi. Gʻolib boʻlishidan sal oldin, xolasi Antiope unga „hech qanday haqiqiy qahramon yolgʻondan tugʻilmaydi“ deb, uni musobaqadan chetlashtiradi.

1984-yilda, birinchi film chiqarilgandan 66 yil oʻtgach, Diana Vashingtondagi Smithsonian institutining katta antropologi boʻlib, qadimgi Oʻrta yer dengizi sivilizatsiyalarini oʻrganmoqda; Diana, shuningdek, Moʻjizakor ayol sifatida yashirincha jinoyatchilikka qarshi kurashadi. Ish paytida, u yangi ishchi — Barbara Ann Minerva bilan uchrashadi. Barbara — Dianaga hasad qiladigan oʻziga ishonchi yoʻq ayol. Moʻjizakor ayol talonchilik harakatini toʻxtatgandan soʻng, Federal qidiruv byurosi Barbaredan oʻgʻirlangan antiqa buyumlar keshini aniqlashni soʻraydi. Barbara ham, Diana ham bitta narsada lotincha yozuv borligini payqashdi — keyinchalik bu „Orzular toshi“ ekanligi maʼlum boʻldi.

Diana toshdan uning sehridan bexabar holda, marhum sevgilisi Steve Trevorni hayotga qaytishini tilash uchun foydalanadi; uning ruhi qaytib kelib, boshqa bir kishining tanasida yashasa ham, Diana uni Steve sifatida qabul qiladi. Keyinchalik, Diana Barbarani hujumdan qutqarib qoladi, bu paytda esa Barbara Diana kabi qobiliyatga ega boʻlishni xohlaydi. Boshqa tomonda esa, Diananing tilagi uning tobora super kuchlarini sustlashiga olib keladi. Muvaffaqiyatsiz biznesmen — Maxwell „Max Lord“ Lorenzano, keyinchalik oʻzining bankrot boʻlgan neft kompaniyasini qutqarish umidida orzular toshini izlab, yashirincha Smithsonianga tashrif buyuradi; Diana va Steve ham birgalikda qatnashishgan Smithsonianda boʻlib oʻtgan tantanali marosimda Max, Barbarani oʻz ofisiga kirish va orzular toshini oʻgʻirlash uchun yoʻldan ozdiradi. Keyinchalik, Max toshning mujassamiga aylanishni xohlaydi va tilaklarni amalga oshirish uchun uning kuchiga ega boʻladi, shu bilan birga u boshqalardan istagan narsasini olishga ham qodirdir; Keyin, Max qudratli va taʼsirchan shaxsga aylanib, izidan betartiblik va vayronagarchiliklarni qoldirib, uning kuchlari global beqarorlik va ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.

Barbara, Diana va Steve keyinchalik orzular toshini yolgʻon, xiyonat a hiyla-nayrang xudosi — Dolos yaratganligini aniqladilar. Tosh foydalanuvchining xohishini bajaradi, biroq oxirida toʻlov (badal) ni talab qiladi, almashinuvni bekor qilishning yagona yoʻli esa bu istakdan voz kechish yoki toshning oʻzini yoʻq qilishdir. Steve bu zamonda oʻzining mavjudligini, Diana bildirgan tilak evaziga amalga oshirilganligini tushunadi. Boshqa tomondan esa, Barbara Diana kabi kuchga ega boʻlishni tilagan boʻlib, buning evaziga uning insoniylik hislatlari asta-sekinlik bilan yoʻqolmoqda.

Tobora taʼsiri oʻsib borayotgan Max, AQSh prezidentidan mamlakatning sunʼiy yoʻldosh tizimi signallarni global miqyosda tarqatishi mumkinligini bilib oladi; Max bundan yomonlashib borayotgan sogʻligʻini tiklash maqsadida butun dunyoga tilaklarni bajarish uchun foydalanadi. Televideniyaga borishda Max Diana va Stevega duch keladi, ularni Barbara toʻxtatib qoladi. Sababi, Barbara Diana unga xalaqit bermaslik uchun Max bilan kuchlarni birlashtiradi. Steve koʻz yoshi toʻkilgan Dianani oʻz tilagidan voz kechishga koʻndiradi. Bunga rozi boʻlgan Diana, tilagidan voz kechadi vauchish qobiliyatiga ega boʻlganda, kuchini tiklab oladi (biroq, bu Stevening yoʻq boʻlishiga olib keladi). U uyga qaytib, afsonaviy Amazon jangchisi Asterianing zirhini kiyadi. Keyin u televizion stansiyasiga boradi va u yerda kuchli boʻlishni xohlaganidan keyin gepardga oʻxshash jonzotga aylanib, mutatsiyaga uchragan Barbara bilan jang qiladi.

Barbarani magʻlubiyatga uchratgandan soʻng, Diana Max bilan toʻqnashadi va u orqali dunyo bilan muloqot qilish uchun oʻzining „Haqiqat Lassosi“dan foydalanadi hamda barchani oʻz tilaklaridan voz kechishga ishontiradi. Shuningdek, u Maxning oʻtgan hayotini ham namoyish etadi: birinchi navbatda uning baxtsiz bolaligi; keyin u yaratgan betartibliklar oqibatida yigʻlab yotgan kichik oʻgʻli — Alistair. Koʻz yoshi toʻkilgan Max oʻz tilagidan voz kechib, Alistair yoniga boradi va unga yaxshi ota boʻlishga vaʼda beradi.

Biroz vaqt oʻtgach, Diana Stevening tanasi boʻlgan kishi bilan uchrashdi va u butun dunyoni kuzatishda davom etmoqda. Ayni paytda, Asteria xuddi Diana singari odamlar orasida yashirincha yashashi maʼlum boʻladi.

Rollarda[tahrir]

Patty Jenkins, Chris Pine va Gal Gadot Moʻjizakor ayol 1984 taqdimotida (San Diego Comic-Con, 2018-yil).
  • Gal Gadot — Diana Prince / Moʻjizakor ayol:
    Oʻlmas yarim xudo, Amazonlar malikasi hamda jangchi. Diana — Themyscira qirolichasi Hippolyta hamda Olimpiya xudolarining shohi Zevsning qizi sanaladi.[7] Total Film jurnali muxbiri bilan suhbatda Gadot birinchi filmdagi obraz evolyutsiyasi haqida soʻz olib bordi: „Birinchi filmda [Diana] haqiqatan ham Themysciradan odamlar olamiga kelgan hamda inson hayotining murakkabliklari toʻgʻrisida bilib olgan suvdan chiqqan baliqdir. Moʻjizakor ayol 1984-yilda oʻsha yerda edi. U dono va yetukdir. U yillar davomida barcha doʻstlarini himoya qilgan va koʻpini yoʻqotgan. Biroq, u hozirda biz soʻnggi marta koʻrganimizdan farq qilsa-da, u hali ham toʻgʻri ish qilmoqda“.[8] Yana Gadot: „Birinchi filmda biz chindan ham yoshi ulgʻaygan paytidagi sayohatni, Diana Prince qanday qilib Moʻjizakor ayolga aylanganligi tarixi hamda uning qudrati va qobiliyatlarini toʻliq oʻzlashtirganligini oʻrganib chiqqan edik“, deb qoʻshimcha ham qildi.[8]
    • Lilly Aspell 2017-yilda suratga olingan filmdagi kabi yosh Diana rolini takrorlaydi.
  • Chris Pine — Steve Trevor: Birinchi jahon urushi paytidagi amerikalik uchuvchi va aygʻoqchi hamda birinchi film voqealari paytida vafot etgan Diananing sevgilisi.[9]
  • Kristen Wiig — Barbara Minerva / Cheetah:
    Ojiza geolog va gemmolog. U oʻzi bildirgan tilak taʼsirida eng yuksak yirtqichlarga xos xarakter va koʻrinishga ega boʻlgan gʻayritabiiy odamga aylanganidan oldin Diana bilan doʻst boʻlgan. U Diana bilan jang qilish maqsadida Lord bilan birlashadi.[10][11][12][13][13]
  • Pedro Pascal — Maxwell Lord:
    Kambagʻal, biroq xarizmatik biznesmen, televizion reklamalari bilan tanilgan hamda „Black Gold Cooperative“ shirkati asoschisi.[14][15] Hayotining koʻp qismini afsonaviy Orzular toshini izlashda oʻtkazadi va oxir-oqibat bunga erishadi. U orzular toshi yordamida boshqa kishilarning istaklarini amalga oshirish orqali oʻzini kuchini oshirib boradi.[16]
    • Lambro Demetriou va Jonny Barry, mos ravishda 8 va 15 yoshdagi Maxwell „Max Lord“ Lorenzanoni jonlantirishgan.
  • Robin Wright — Antiope: Hippolytaning opasi, Amazon armiyasi generali hamda Diananing xolasi.[17]
  • Connie Nielsen — Hippolyta: Themyscira qirolichasi hamda Diananing onasi.[17]


Oʻzbekcha dublyaj[tahrir]

  • Mohira Nurmatova — Diana Prince / Moʻjizakor ayol
  • Dildora Rustamova — Barbara Minerva / Cheetah
  • Sanjar Saʼdullayev — Steve Trevor
  • Bekzod Muhammadkarimov — Maxwell Lord
  • Muhammad Xoʻjayev
  • Xojiakbar Komilov
  • Abdulhay Otaxoʻjayev
  • Zulxumor Moʻminova

Shuningdek, rejissor va ovoz rejissori Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi Raʼno Suyunova, tarjimon Hasanboy Teshaboyev, montaj ustasi Hamidullo Latipov, texnik xodim Muhammadali Rashidov hamda muharrir Baxtiyor Karimov.[manba kerak]

Musiqa[tahrir]

Ushbu film bastakori — Hans Zimmer.

Barcha musiqalarni bastalaganlar — Hans Zimmer.

No.SarlavhaDavomiyligi
1."Themyscira"3:51
2."Games"5:17
3."1984"7:04
4."Black Gold"4:55
5."Wish We Had More Time"2:54
6."The Stone"2:13
7."Cheetah"3:13
8."Fireworks"2:38
9."Anything You Want"4:45
10."Open Road"5:36
11."Without Armor"3:46
12."The White House"7:45
13."Already Gone"5:04
14."Radio Waves"8:02
15."Lord of Desire"2:44
16."The Beauty In What Is"3:48
17."Truth"4:45
18."Lost and Found (Bonus Track)"11:55
Jami davomiyligi:90:23

Manbalar[tahrir]

  1. Wonder Woman 1984. findawriter.wgaeast.org. 13-fevral, 2020.
  2. Film – Mad Ghost Productions. www.madghostproductions.com. 13-iyun, 2018.
  3. [Overseas Movies Wonder Woman 1984]. Korea Media Rating Board.
  4. Warner Bros Debates Whether Wonder Woman 1984 Should Skip Theaters for Streaming (Exclusive). TheWrap (20-mart, 2020). 20-mart, 2020.
  5. Wonder Woman 1984 (2020) - Financial Information. The Numbers.
  6. Wonder Woman 1984 (2020). Box Office Mojo.
  7. Schmitz, Greg Dean (June 9, 2017). Wonder Woman Sequel Details Emerge, And More Movie News. Rotten Tomatoes.
  8. 8,0 8,1 Maytum, Matt (June 24, 2020). Gal Gadot and Kristen Wiig talk Wonder Woman 1984: "It really doesn't feel like a sequel". gamesradar.
  9. Sharf, Zack (June 13, 2018). Wonder Woman 1984 First Look: Gal Gadot and Patty Jenkins Reunite, While Chris Pine Makes Surprise Return. IndieWire.
  10. Fleming Jr., Mike (28-fevral, 2018). "Kristen Wiig Being Lassoed For Villain Role On Wonder Woman 2". Deadline Hollywood. https://deadline.com/2018/02/kristen-wiig-wonder-woman-2-cheetah-gal-gadot-patty-jenkins-villain2-1202306419/. 
  11. Betancourt, David (March 9, 2018). "Kristen Wiig will star in Wonder Woman sequel as the Cheetah, Patty Jenkins confirms". The Washington Post. https://www.washingtonpost.com/news/comic-riffs/wp/2018/03/09/kristen-wiig-will-star-in-wonder-woman-sequel-as-the-cheetah-patty-jenkins-confirms/. 
  12. Newby, Richard (June 8, 2018). The Bad Guys Are Inheriting the DC Universe. The Hollywood Reporter.
  13. 13,0 13,1 Maytum, Matt. Gal Gadot and Kristen Wiig talk Wonder Woman 1984: 'It really doesn't feel like a sequel'. gamesradar.
  14. Kroll, Justin (March 28, 2018). "Narcos Star Pedro Pascal Lands Key Role in Wonder Woman Sequel (EXCLUSIVE)". Variety. https://variety.com/2018/film/news/pedro-pascal-wonder-woman-sequel-narcos-1202738657/. 
  15. Pantozzi, Jill (October 24, 2019). Pedro Pascal's Wonder Woman 1984 Character Is Exactly Who You Thought He Was. Gizmodo.
  16. Eclarinal, Aeron Mer. Wonder Woman 1984 Director Denies Donald Trump Being Influence for Villain. thedirect.com.
  17. 17,0 17,1 "The Good Fight with Robin Wright". Net-A-Porter. August 31, 2018. https://www.net-a-porter.com/us/en/porter/article-b36c5430c852c9af. 

Havolalar[tahrir]