Kontent qismiga oʻtish

Mittivoy va Karlsson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mittivoy va Karlsson
Asl nomi Lillebror och Karlsson på taket
Muallif(lar) Astrid Lindgren
Til shved
Janr(lar)i ertak
Nashr etilgan sanasi 1955

Mittivoy va Karlsson“ (shvedcha: Lillebror och Karlsson på taket) — shved yozuvchisi Astrid Lindgren yozgan qissa. Lindgren Mittivoy va Karlsson haqida yozgan uch qissaning birinchisi.

„Mittivoy va Karlsson“ ertagidagi voqealar 1950-yilda Stokgolm shahrining Vasastan markaziy rayonida sodir boʻladi. Voqealar bir uyda yashovchi ikki bosh qahramon – Svantesonlar oilasining kichkina farzandi Svante va tomda yashovchi Karlsson haqidadir.

„Mittivoy va Karlsson“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Oʻzbek tiliga rus tilidan Husan Roʻzimatov tarjima qilgan. Oʻzbekcha tarjima fransuz yozuvchisi Antoine de Saint-Exupéryning „Kichkina shahzoda“ qissasi bilan bir qatorda toʻplam oʻlaroq 1988-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan[1].

  1. „Mittivoy va Karlsson“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.