Mirkomilboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirkomilboy, Mirkomil Mirmoʻminboyev (1882 — Andijon — 1918) — oʻzbek sanoatchisi. "RusOsiyo" ("Russko-Aziatskiy") banki muassislaridan biri. M.ning Andijonda 5 ta paxta zavodi, bir necha shaharda savdo rastalari, bogʻlari, katta yerlari bulib, oltin pul hisobida 14 mln.soʻm mablagʻga ega edi (1911). M. Turkiston va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida savdo munosabatiga asos solganlardan biri hisoblanadi. U Germaniyaning Shlossberg , Kraft firmalari bilan savdo aloqasi oʻrnatgan, Berlin, London, Parij va Istanbulga borib, mahalliy sanoatchilar bilan savdo ishini yoʻlga qoʻyishga intilgan. M. Andijon shahrida 30 oʻquvchiga moʻljallangan internat maktab, 100 talabaga muljallangan Madrasa, kasalxona qurmoqchi boʻlib, loyiha tayyorlatgan. Biroq mahalliy maʼmurlar bu loyihalarni amalga oshirishga ruxsat bermagan. M. "Shuroy islom" tashkilotining Andijon bulimiga rahbarlik qilgan (1918) va jadidlarni moddiy jihatdan qoʻllabkuvvatlab turgan. Bolsheviklar tomonidan otib tashlangan.

Sirojiddin Ahmedov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil