Mikel Villanueva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikel Villanueva
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mikel Villanueva Álvarez
Tavallud sanasi 14-aprel 1993-yil (1993-04-14) (31 yosh)
Tavallud joyi San Cristóbal, Venesuela
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Vitória Guimarães
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Deportivo Táchira
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Deportivo Táchira 5 (0)
2014—2016 ACD Lara 20 (4)
2015—2016 → Málaga B (ijara) 31 (3)
2016—2020 Málaga 31 (1)
2017—2018 → Cádiz (ijara) 13 (0)
2018 → Reus (ijara) 12 (0)
2019—2020 → Gimnàstic (ijara) 17 (0)
2020—2022 Santa Clara 50 (1)
2022— Vitória Guimarães 5 (0)
Milliy terma jamoa
2016— Venesuela 30 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-sentyabr uchun)

Mikel Villanueva Álvarez (talaffuzi: Mikel Villanueva Alvares; 1993-yil 14-aprelda San-Kristobal shahrida tugʻilgan) — venesuelalik futbolchi, „Vitória“ futbol klubi va Venesuela terma jamoasi himoyachisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Villanueva Deportivo „Táchira“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yilda u jamoaning asosiy tarkibiga kiritilgan. 2014-yil mart oyi boshida „Estudiantes de Mérida“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Venesuela premyer ligasida debyut qilgan. Keyingi mavsumda Mikel jamoa bilan Venesuela kubogi finaliga chiqqan, ammo yuqori raqobat tufayli u jamoaning asosiy tarkibidan joy topa olmagan. 2014-yilning yozida Villanueva oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Deportivo Lara“ futbol klubiga oʻtgan. 23-noyabr kuni oʻzining sobiq jamoasi „Deportivo Táchira“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qilgan[1]. 2015-yil 25-yanvarda „Carabobo“ futbol klubiga qarshi bahsda Mikel „Deportivo Lara“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[2]. 22-fevral kuni „Metropolitanos“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „dubl“ amalga oshirgan[3].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 3-fevralda Villanueva Venesuela terma jamoasi safida Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[4]. 25-mart kuni JCh-2018 saralashida Peruga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urgan[5].

2015-yilda Villanueva AQShda boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan edi. Turnirda u zahirada qolgan va hech bir oʻyinda maydonga tushmagan.

2019-yilda Villanueva Braziliyada ikkinchi marta Amerika Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Peru va Braziliya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[6][7].

2021-yilda Villanueva uchinchi marta Amerika kubogida ishtirok etgan[8]. Turnirda u Peru terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[9].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol Uzatma
Deportivo Táchira Venesuela bayrogʻi Venesuela 2013—2014 3 0 0
Deportivo Lara Venesuela bayrogʻi Venesuela 2014—2015 20 4 0
Atlético Malagueño (ijara) Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2015—2016 30 3 0
Málaga C. F. Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2016—2020 34 1 1
Cádiz C. F. (ijara) Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2017—2018 16 0 1
C. F. Reus Deportiu (ijara) Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2018 12 0 1
Gimnàstic de Tarragona (ijara) Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2019 17 0 1
C. D. Santa Clara Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 2020—2022 61 2 1
Vitória S. C. Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 2022—hozirga qadar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Депортиво Лара VS. Депортиво Тачира 3:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 23-noyabr). 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  2. „Карабобо VS. Депортиво Лара 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-yanvar). 2015-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  3. „Депортиво Лара VS. Метрополитанос 3:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 22-fevral). 2015-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  4. „Венесуэла VS. Коста-Рика 1:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 3-fevral). 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  5. „Перу VS. Венесуэла 2:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 25-mart). 2016-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  6. „Венесуэла VS. Перу 0:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 15-iyun). 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  7. „Бразилия VS. Венесуэла 0:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 19-iyun). 2019-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.
  8. „La Vinotinto tiene sus 28 guerreros para la CONMEBOL Copa América 2021“ (es). Federación Venezolana de Fútbol (10 junio 2021). 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-iyun.
  9. „Венесуэла VS. Перу 0:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 27-iyun). 2021-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.