Kontent qismiga oʻtish

Mihail Borkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Borkin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mixail Pavlovich Borkin
Tavallud sanasi 1928-yil
Tavallud joyi SSSR
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Moskvadagi Krilya Sovetov BO'SM
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1951 Lokomotiv Moskva 1 (0)
1951—1954 Kopetdag 25 (9)
1954 Lokomotiv Moskva 1 (0)
1955 Neftchi Boku 26 (7)
1956—1958 Paxtakor Toshkent 77 (27)
1959 Zenit Moskva ? (?)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mixail Pavlovich Borkin (ruscha: Боркин, Михаил Павлович; 1928-yil, SSSR – keyingi taqdiri nomaʼlum) – Sovet ittifoqi sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mixail futbolchilik faoliyatini Moskvadagi Krilya Sovetov bolalar oʻsmirlar sport maktabida boshlagan[1]. 1951-yilda Moskvaning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida professional faoliyatini boshlagan. Temiryoʻlchilar tarkibida bir mavsum oʻynaganidan soʻng, Ashxobodga Kopetdag jamoasi tarkibiga oʻtgan. Turkmaniston klubida 3 mavsumga yaqin faoliyat olib borgan va 1954-yilgi mavsum ikkinchi yarmida sobiq jamoasi, Lokomotiv klubi tarkibiga qaytgan.

1955-yilgi mavsumda Bokuning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Ozarbayjon SSR klubi tarkibida oʻtkazgan bir mavsumidan soʻng, 1956-yil Oʻzbekistonga, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga yoʻl olgan. 1956-yildan 1958-yilgi mavsum soʻngiga qadar Toshkent klubi tarkibida oʻynagan[2]. Dastlabki ikki mavsumda Paxtakor jamoasining toʻpurari boʻlgan. 1959-yilgi mavsumda Moskvaga qaytgan va Zenit jamoasi safida bir mavsum oʻynaganidan soʻng katta futboldagi faoliyatini yakunlagan.

1956-yilgi mavsumda Futbol boʻyicha SSSR xalqlari yozgi spartakiadasi turnirida Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Musoboqa davomida 4 ta gol urgan Borkin jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Futboldan keyingi hayoti va taqdiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]