Kontent qismiga oʻtish

Midnight Memories (One Direction albomi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Midnight Memories
One Direction albomi
Chiqarilgan sanasi 25-noyabr, 2013-yil(2013-11-25)
Yozib olingan sanasi Dekabr 2012-yil – Sentyabr 2013-yil
Janr
Davomiyligi 47:41
Leybl
  • Columbia
  • Syco
Prodyuser(lar)
  • Julian Bunetta
  • Carl Falk
  • Tom Fletcher
  • Teddy Geiger
  • Danny Jones
  • Jacknife Lee
  • Dougie Poynter
  • Robert John „Mutt“ Lange
  • Matt Rad
  • John Ryan
  • Jamie Scott
  • Toby Smith
  • Ryan Tedder
One Direction xronologiyasi
Take Me Home
(2012)
Midnight Memories
(2013)
Four
(2014)

Midnight Memories – ingliz-irland guruhi One Directionning uchinchi studiya albomi boʻlib, 2013-yil 25-noyabrda Columbia Records, Syco Music va Sony Music bilan hamkorlikda chiqarilgan[1]. Albom Amazon tarixida eng tez sotilgan albomga aylandi va Take Me Home (2012) albomi orqali oʻrnatgan oʻzlarining rekordini yangiladi[2]. U chiqarilishi bilanoq AQSh Billboard 200da birinchi oʻrinni egalladi va bu orqali One Direction dastlabki uchta albomining barchasi chartda birinchi oʻrinni egallagan dastlabki guruhga aylandi[3]. Yil yakunidan besh hafta oldin chiqarilgan boʻlishiga qaramay, Midnight Memories 2013-yil toʻrt million nusxa sotilgan holda IFPI tomonidan eng koʻp sotilgan albom deb topildi[4][5]. Albom toʻrtta singlni oʻz ichiga oladi. Bular „Best Song Ever“, „Story of My Life“, „Midnight Memories“ va „You & I“.

Albom chiqarilganidan soʻng musiqiy tanqidchilar tomonidan turli xil fikrlar bildirildi. Baʼzilari uning matni haqida ijobiy fikrlar aytgan boʻlsa, qolganlari ushbu albom avvalgilari kabi esda qolarli chiqmaganini aytishgan[6]. Albomni taqdim qilish uchun One Direction 2014-yilda oʻzlarining Where We Are turini oʻtkazishgan. Bu ularning jahon miqyosidagi uchinchi, stadionda oʻtkazgan birinchi turi boʻldi.

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

One Direction oʻzlarining ikkinchi turi Take Me Home Tour davomida albom ustida ishlashni boshlashadi. Albom guruhning uchinchi turi Where We Are Tour haqidagi yangilik bilan bir vaqtda eʼlon qilindi. Buning oqibatida esa muxlislar orasida albom nomi „Where we are“ deb nomlanishini haqida gaplar paydo boʻladi[7]. Albomning rasmiy nomi 6-sentyabrda eʼlon qilindi, avval Zayn Malik Harry Styles „Mid“ soʻzini alifbe kartalaridan yigʻayotganini tvit qilib qoldiradi, keyinchalik guruhning Instagram akkauntida joylashtirilgan video orqali toʻliq nomi maʼlum boʻladi[8][9].

One Direction Light stadionida Where We Are Tour davomida

„Best Song Ever“ 2013-yil 22-iyul kuni albomning dastlabki rasmiy singli sifatida chiqarildi. Bu qoʻshiq UK Singles Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning musiqiy videosi videosi YouTubega joylangandan 24 soat ichida 12,3 million marta koʻrilib bu borada Vevo rekordini yangiladi[10].

„Story of My Life“ 2013-yil 28-oktyabr kuni albomning ikkinchi singli sifatida chiqarildi[11]. Bu qoʻshiq 2013-yil 25-oktabr kuni 16:00da butun dunyo boʻylab radio stansiyalarida namoyish etilgan va darhol UK Singles chartda toʻrtinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, shanbagacha davom etadigan haftalik chartda birinchi oʻringa koʻtarilib olgan[12]. Musiqiy videosi 2013-yil 3-noyabrda namoyish qilinadi.

„Midnight Memories“ esa 24-yanvar kuni albomning uchinchi singli sifatida eʼlon qilinadi[13][14].

„You & I“ esa 15-aprelda AQSh radiosida albomning toʻrtinchi va oxirgi singli sifatida taqdim etildi[15][16].

Tijoriy natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albom chiqarilishi bilan Irish Albums Chartda birinchi va Dutch Albums Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilning 29-noyabrida Buyuk Britaniyada eng tez sotilgan albom boʻlib, toʻrt kun ichida 187 660 nusxada sotilganligi eʼlon qilindi[17]. 1-dekabrda albom Buyuk Britaniyada birinchi haftaning oʻzida 237 mingdan ortiq sotilganligi maʼlum boʻldi[18]. Albom 2013-yilda 685,000 nusxada sotilgan holda Buyuk Britaniyada eng koʻp sotilgan albomga aylandi[19].

AQShda Midnight Memories birinchi haftadayoq 546 ming nusxa sotilgan holda Billboard 200da birinchi oʻrinni egalladi[20]. Albom AQShda besh hafta ichida 1,096,000 nusxa sotildi va 2013-yilda bu koʻrsatkich boʻyicha AQShda 12-oʻrinni egalladi[21]. 2015-yil avgust oyidaga maʼlumotga koʻra albom AQShda 1,51 milliondan ortiq nusxada sotilgan[22].

Midnight Memories ARIA Albums Chartda birinchi va New Zealand Albums Chartda ikkinchi oʻrinni egallagan holda birinchi haftaning oʻzida mos ravishda platina va oltin sertifikatlarni qoʻlga kiritdi. Albom uch kun ichida Meksikada 60 ming nusxadan ortiq sotilgan va platina sertifikatni olgan[23].

Yil oxiriga yaqin chiqarilgan boʻlishiga qaramasdan Midnight Memories IFPI talqiniga koʻra 5 hafta ichda toʻrt million nusxada sotilgan holda 2013-yilda eng koʻp sotilgan albomi boʻldi[24].

Qoʻshiqlarning roʻyxati 2013-yilning 11-oktyabr kuni guruhning tvitter akkauntida eʼlon qilinadi[25].

NomiMuallif(lar)Producer(s)Davomiyligi
1.„Best Song Ever“
  • Wayne Hector
  • John Ryan
  • Ed Drewett
  • Julian Bunetta
  • Bunetta
  • Ryan
  • Matt Rad
3:20
2.„Story of My Life“
  • Bunetta
  • Jamie Scott
  • Ryan
  • Louis Tomlinson
  • Liam Payne
  • Niall Horan
  • Harry Styles
  • Zayn Malik
  • Bunetta
  • Ryan
4:05
3.„Diana“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
3:04
4.„Midnight Memories“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Payne
  • Lange
  • Bunetta
  • Ryan
2:56
5.„You & I“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Bunetta
  • Ryan
3:57
6.„Donʼt Forget Where You Belong“
  • Tom Fletcher
  • Danny Jones
  • Dougie Poynter
  • Horan
  • Fletcher
  • Jones
  • Poynter
4:01
7.„Strong“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Bunetta
  • Ryan
3:04
8.„Happily“
  • Savan Kotecha
  • Carl Falk
  • Styles
  • Falk
  • Kristian Lundin[a]
2:55
9.„Right Now“
  • Ryan Tedder
  • Tomlinson
  • Payne
  • Styles
  • Tedder
  • Jake Gosling[b]
3:20
10.„Little Black Dress“
  • Bunetta
  • Ryan
  • Teddy Geiger
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
  • Geiger
2:37
11.„Through the Dark“
  • Scott
  • Toby Smith
  • Tomlinson
  • Payne
  • Scott
  • Smith
  • Ryan[c]
3:41
12.„Something Great“
  • Jacknife Lee
  • Gary Lightbody
  • Styles
Jacknife Lee3:56
13.„Little White Lies“
  • Hector
  • Ryan
  • Drewett
  • Bunetta
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
3:17
14.„Better Than Words“
  • Bunetta
  • Scott
  • Ryan
  • Tomlinson
  • Payne
  • Bunetta
  • Ryan
3:28
Jami davomiyligi:47:51
  1. Percival. „One Direction Big Announcement: 'Where We Are' Stadium Tour Confirmed For 2014“. The Huffington Post (2013-yil 17-oktyabr).
  2. Adejobi. „One Direction's 'Midnight Memories' Becomes Fastest-Selling Album in 15 Years on Amazon“. Entertainmentwise (2013-yil 16-oktyabr). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-iyun.
  3. Caulfield, Keith (4 December 2013). „One Direction Scores Historic Third No. 1 Album on Billboard 200 Chart“. Billboard. Prometheus Global Media. Qaraldi: 4 December 2013.
  4. „Home“. bpi.co.uk. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-iyun.
  5. „One Direction top 2013 global album chart“. BBC News (2014-yil avgust).
  6. „One Direction's New Album Midnight Memories Gets Mixed Reviews: 'It's Swaggeringly Confident' – Yahoo omg! UK“. Uk.omg.yahoo.com (2011-yil 20-aprel). Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.
  7. Blistein, Jon (6 September 2013). „One Direction Announce Release Date for New Album, 'Midnight Memories'. Rolling Stone. 2017-12-08da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2024-06-02.
  8. „Promotional teaser video“. Twitter (2013-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 20-noyabr.
  9. „Album name announcement“. Instagram (2013-yil 6-sentyabr). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-noyabr.
  10. Bergman, Jeremy (23 July 2013). „One Direction's 'Best Song Ever' Breaks One-Day Vevo Record“. Billboard. Qaraldi: 23 July 2013.
  11. „Zayn Malik on "Story of My Life"“. Twitter (2013-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  12. „"Story of My Life" global radio premiere time“. Twitter (2013-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  13. „Liam Payne Gets Ready To Make Some Midnight Memories! Announces One Direction's Next Single!“. PerezHilton. 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-yanvar.
  14. Oredein. „One Direction's Liam Payne Confirms 'Midnight Memories' As Band's Next Single“. Entertainment Wise. 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-yanvar.
  15. „Kiss 98.5 on Twitter“. Twitter.
  16. „Top 40/M Future Releases - Mainstream Hit Songs Being Released and Their Release Dates ...“. All Access.
  17. Corner, Lewis. „One Direction claim fastest-selling UK album of 2013“. Digital Spy. Hearst Magazines UK (2013-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 29-noyabr.
  18. Lane, Daniel. „One Direction score fastest selling album of their career with Midnight Memories“. Official Charts Company (2013-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  19. Daniel Lane. „The Official Top 40 Biggest Selling Artist Albums of 2013“. Official Charts Company (2014-yil 1-yanvar).
  20. Caulfield, Keith (4 December 2013). „One Direction Scores Historic Third No. 1 Album on Billboard 200 Chart“. Billboard.
  21. Grein, Paul. „The Top 10 Albums and Songs of 2013“. Chart Watch. Yahoo (2014-yil 2-yanvar).
  22. Caulfield, Keith (August 13, 2015). „Billboard 200 Chart Moves: One Direction's 'Four' Reaches 1 Million Sold in U.S.“. Billboard. Qaraldi: August 14, 2015.
  23. Kleber. „One Direction | The Official Website“. One Direction. 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  24. „Home“. bpi.co.uk. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-iyun.
  25. „One Direction 'Midnight Memories' Cover Art, Tracklist Revealed [PHOTO: Zayn, Harry, Niall, Louis and Liam Announce Twitter 'Track Quiz' Contest for Fans“]. Mstarz (2013-yil 11-oktyabr).