Microsoft PowerPoint

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Microsoft PowerPoint (Windows)
Microsoft PowerPoint ramzi
80px
Microsoft PowerPoint
Muallif: Microsoft Corporation
Ishlab chiqaruvchi: Microsoft
Eng so‘nggi versiyasi: * 2016 (16.0.4229.1024) (Windows)
                     * 2016 (15.14.0) (macOS) (22-sentabr 2015 (Windows),
15-sentabr 2015 (macOS)) / 2016-yil
Operatsion sistema: Microsoft Windows, macOS, Android
Status: matn muharriri
Litsenziya: EULA


Microsoft PowerPoint (to'liq nomi — Microsoft Office PowerPoint, ingl. power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft WindowsmacOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.

Tarixi[tahrir]

PowerPoint yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskins (Bob Gaskins)da paydo bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin (Dennis Austin) ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini birlashtirishadi  va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning original versiyasini  Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur nomini PowerPoint deb o'zgartirishga qaror qiladi.

1987-yil  PowerPoint 1.0  Apple Macintosh tizimi uchun namoyish etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror qiladi.

1987-yil Forethought va PowerPoint Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP PowerPointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi mumkin edi.

Versiyalari[tahrir]

Yil Versiya Nom Izoh
1990 2.0 PowerPoint 2.0 Windows 3.0 uchun MS Office 1.x tarkibida
1992 3.0 PowerPoint 3.0 Windows 3.1 uchun MS Office 3.0 tarkibida
1993 4.0 PowerPoint 4.0 MS Office 4.x tarkibida
1995 7.0 PowerPoint Windows 95 uchun Office 95 tarkibida
1997 8.0 PowerPoint 97 Office 97 tarkibida
1999 9.0 PowerPoint 2000 Office 2000 tarkibida
2001 10 PowerPoint 2002 Office XP tarkibida
2003 11 PowerPoint 2003 Office 2003 tarkibida
2007 12 PowerPoint 2007 Office 2007 tarkibida
2010 14 PowerPoint 2010 Office 2010 tarkibida
2013 15 PowerPoint 2013 Office 2013 tarkibida
2016 16 PowerPoint 2016 Office 2016 tarkibida
2018 17 PowerPoint 2019 Office 2019 tarkibida

Formatlari[tahrir]

Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi mumkin:

  • .ppt — PowerPoint taqdimoti
  • .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti
  • .pot — PowerPoint modeli

PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun versiyasida (2008) Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar .pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur.

Muvofiqligi[tahrir]

PowerPoint Microsoft Office qismi hisoblanadi. Bu esa  PowerPointga taqdimot yaratuvchi dastur sifatida dunyoga keng tarqalishiga yordam berdi. Tez-tez PowerPoint taqdimotlari foydalanuvchilar tomonidan boshqa kompyuterlarga jo'natilib turiladi. Bu esa raqobatchi dasturlar bilan muvofiqlikni ta'minlash zaruriyatini bildiradi. PowerPointning ba'zi taqdimotlari Windows tizimiga o'rganganligi bois uni macOS PowerPoint versiyasida ochishning iloji yo'q. Shu sababli Microsoft ochiq standartlarga o'tishga qaror qildi.

Reklama taqdimoti[tahrir]

Reklama prezentastiyasini yaratish bu ko'p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va mas`uliyatli jarayondir. Bu o'rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animastiya (harakat), qisqa matnlardan iborat ssenariyni o`ylab topish. Prezentastiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, taqdimotlar, ovoz, video kliplar, animastiyalardan foydalanib, sifatli taqdimotlar yaratish imkonini beradi. Prezentastiyalarni tayyorlash natijasida:

  • qatnashuvchilarga tarkatish uchun chop qilingan hujjat;
  • kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;
  • slaydoskoplarda foydalanish uchun 35-millimetrli slaydlar;
  • cho'ntak daftarchasi;
  • elektron prezentastiyalarni olish mumkin.

Microsoft Power Point dasturi 1987-yildan boshlab paydo bo`lgan bo`lsa ham, ammo prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o'rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo'shimcha fikrlar va prezentastiyalarni qo`llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo`lsa, xoh tajribali bo`lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Microsoft PowerPoint – taqdimotlarni tayyorlash va taqdimotlarni hosil qilish uchun mo`ljallangan bo`lib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animastiyalar hosil qilish mumkin. Prezentastiya – ma`ruza, biznez reja va hokazolar bo`lishi mumkin. Har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan bo`lishi mumkin.
Misrosoft Power Point - universal, imkoniyatlari keng bo`lgan, ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animastiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.

Sh._qarang[tahrir]

Tanqid[tahrir]

Dastur bir necha marotaba tanqidlarga uchragan. Tanqidchilarga ba'zida taqdimot dizayn ko'rinishi yoqmagan bo'lsa, ba'zida ma'lumot kiritishdagi kamchiliklar va'j qilingan. PowerPointni taqdimot yaratish uchun ishlatmaslikni targ'ib qiluvchilar orasida Yelsk oliygohi professori Edvard Tafti va rossiyalik dizayner Artemiy Lebedevlar bor.

Havolalar[tahrir]