Michael Estrada

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Estrada Футбол
Umumiy maʼlumotlar
Ism sharifi Michael Steveen Estrada Martínez
Tugʻilgan 7-апрел 1996-yil(1996-04-07)[1][2] (26 yosh)
Гуаякиль, Эквадор
Fuqaroligi Флаг Эквадора Эквадор
Boʻyi 181 см
Vazni 86 кг
Позицияsi hujumchi
Hozirgi jamoasi
Клуб Флаг Мексики Крус Асуль
Raqami 13
Логотип Викисклада Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Mikael Stiven Estrada Martines (ispancha: Michael Steveen Estrada Martínez) 1996-yil 7-aprelda Ekvadorda tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „Kruz Azul“ klubi va Ekvador terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Estrada faoliyatini „Makara“ klubida boshlagan. 2013-yil 10-mart kuni Guayakilning „Barcelona“ga qarshi oʻyinda u 17 yoshida Ekvador Primer ligasida debyut qildi[3]. Mavsum yakunida klub elitadan tushib ketdi. Mikael jamoada qoldi va bazadan joy oldi. 2015-yilda u 14 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purari va Ekvador B seriyasining eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylandi.

Estrada o'zining muvaffaqiyatli o'yini bilan ko'plab klublarga qiziqish uygʻotgan va 2016-yil boshida u „El Nasional“ga o'tgan. 7-fevral kuni Guayaquildan „Barcelona“ga qarshi o'yinda u yangi jamoada debyut qildi[4]. O'sha o'yinda Mikael „El Nacional“ safidagi ilk golini urdi.

2017-yil boshida Estrada „Independiente del Valle“ga ko'chib o'tdi. Yanvar oyida Libertadores kubogi doirasida Peruning „Deportivo Municipal“ jamoasiga qarshi o'yinda u jamoadagi debyutini o'tkazdi. O'sha o'yinda Mikael „Independiente del Valle“ uchun birinchi golini urdi va javob o'yinida ham gol urishga muvaffaq boʻldi[5]. 14-fevral kuni „River Ekvador“ga qarshi o'yinda u yangi klubi safida chempionatda debyut qildi[6].

2019-yil boshida Estrada „Makara“ga qaytdi.

2019-yilning 17-dekabrida Estrada Meksikaning “Deportivo Toluka” jamoasiga oʻtdi[7].

2022-yil 8-fevralda Estrada MLS klubi „DC United“ga bir mavsumga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berildi[8]. U 26-fevral kuni 2022-yilgi mavsumning ochilish bosqichida “Sharlotta”ga qarshi oʻyinda AQSh Oliy ligasidagi debyutini nishonladi va dubl qayd etdi[9].

2022-yil 16-avgustda Estradaning „DC United“dagi ijarasi erta tugadi va u „Kruz Azul“ga bir mavsumga ijaraga berildi[10][11].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 23-fevralida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Ramires Ekvador terma jamoasi safida debyut qildi[12]. U 2021-yilgi Amerika kubogi uchun milliy jamoa tarkibiga kiritilgan[13].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 16-iyul holatida[14]
Nomi Mavsum Liga AQSh Ochiq kubogi Boshqalar Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
D.C. United (ijara) 2022 MLS 16 4 1 0 17 4
Umumiy faoliyatida 16 4 1 0 0 0 17 4

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Michael Estrada // Transfermarkt.com (мн.) — 2000.
  2. Michael Estrada // FBref.com (Wayback Machine saytida 2022-09-29 sanasida arxivlangan(мн.)
  3. „Барселона Гуаякиль VS. Макара 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 10-mart).
  4. „Эль Насьональ VS. Барселона Гуаякиль 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 7-fevral).
  5. „Индепендьенте дель Валье VS. Депортиво Мунисипаль Лима 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 28-yanvar).
  6. „Ривер Эквадор VS. Индепендьенте дель Валье 0:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 14-fevral).
  7. „Hay tercer refuerzo“ (es). Deportivo Toluca F.C. (17 dic, 2019). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-sentyabr.
  8. „D.C. United Sign Ecuador Forward Michael Estrada on a Season-long Loan“ (en). D.C. United (2022-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  9. Ian Nicholas Quillen. „Recap: DC United 3, Charlotte FC 0“ (en). MLSsoccer.com (2022-yil 26-fevral). Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  10. „D.C. United and Michael Estrada Mutually Part Ways“ (en). D.C. United (2022-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  11. „¿Debutará contra Xolos? Michael Estrada ya fue registrado por Cruz Azul“ (es). Mediotiempo (2022-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
  12. „Эквадор VS. Гондурас 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-fevral).
  13. „Los 28 convocados de Ecuador para la Copa América 2021 en Brasil“ (es). El Universo (9 de junio, 2021). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  14. Michael Estrada Soccerway saytida. Qaralgan sana: 16 July 2022.