Merih Demiral
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Merih Demiral | ||
| Tavallud sanasi | 5-mart 1998-yil | ||
| Tavallud joyi | Karamürsel, Turkiya | ||
| Boʻyi | 1.92 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Al-Ahli | ||
| Raqami | 28 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2009—2011 | Karamürsel Idmanyurduspor | ||
| 2011—2016 | Fenerbahçe | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016—2017 | Alcanenense | 12 | (0) |
| 2017 | → Sporting CP B | 3 | (0) |
| 2017—2019 | Sporting CP B | 26 | (0) |
| 2018—2019 | → Alanyaspor | 16 | (1) |
| 2019 | → Sassuolo | 14 | (2) |
| 2019—2022 | Juventus | 21 | (1) |
| 2021—2022 | → Atalanta | 28 | (1) |
| 2022—2023 | Atalanta | 28 | (1) |
| 2023— | Al-Ahli | 49 | (2) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2014—2015 | Turkiya U17 | 7 | (1) |
| 2015 | Turkiya U18 | 2 | (0) |
| 2015—2016 | Turkiya U19 | 10 | (1) |
| 2018 | Turkiya U20 | 9 | (0) |
| 2016—2018 | Turkiya U21 | 13 | (0) |
| 2018- | Turkiya | 53 | (4) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 22-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 19-noyabr uchun) | |||
Merih Demiral (1998-yil 5-martda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbolchi, Saudiya Pro-ligasining „Al-Ahli“ klubi va Turkiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fenerbahche yoshlar tizimining tarbiyalanuvchisi boʻlgan Demiral Portugaliyaning Alcanenense jamoasi bilan 2016-yilda shartnoma imzolagan[1].
2017-yilning yanvarida u Sporting Bga ijaraga berilgan va 2017-yilning 5-fevralida Segunda Ligadagi professional debyutini oʻz uyida Famalikaoga qarshi 1:1 hisobida durang bilan oʻtkazgan[2]. Mavsum oxirida u klub tomonidan toʻliq shartnoma bilan transfer qilingan[3].
2018-yilning 15-avgustida u ijara asosida Turkiyaning „Alanyaspor“ klubiga oʻtgan[4]. 2019-yilning 29-yanvarida u 3,5 million yevro evaziga „Alanyaspor“ga doimiy ravishda qoʻshilgan[5].
Sassuolo
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning 30-yanvarida Demiral Italiya A seriyasining „Sassuolo“ klubiga sotib olish majburiyati bilan ijaraga oʻtgan[6]. U A Seriya va klubdagi debyutini 24-fevral kuni SPALga qarshi uyinda 1:1 hisobidagi durang bilan oʻtkazgan[7]. Klub safida ilk golini 4-aprel kuni Kyevo darvozasiga kiritgan. Oʻsha oʻyinda Demiral dubl qayt etgan[8].
Juventus
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning 5-iyulida „Juventus“ Demiralning „Sassuolo“dan 5 yillik shartnoma asosida 18 million yevroga transferini rasman eʼlon qilgan[9]. Xabarlarga koʻra, uning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil qilgan[10]. U klubda oʻynagan ilk turkiyalik futbolchi boʻlgan[11]. U klubdagi debyutini 21-sentyabr kuni A Seriyada „Verona“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan[12]. Keyinchalik u Chempionlar ligasidagi debyutini 11-dekabrda, klubning guruhdagi soʻnggi oʻyinida oʻtkazgan. „Juventus“ga safarda „Bayer“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishda yordam bergan[13][14].
U klubdagi ilk golini 2020-yilning 12-yanvarida „Roma“ga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritgan, natijada „Juventus“ norasmiy „Qishki chempionlar“ unvonini qoʻlga kiritgan. Keyingi oʻyinlarda u asosan zahiradan maydonga tusha boshlagan. Oʻyinda oldingi xoch ligament bogʻlamlarini shikastlab olgan. Natijada, u mavsumning qolgan qismida, jumladan, Yevro-2020da ham safdan chiqishi kutilgan[15][16][17]. U 1-avgust kuni maydonga qaytgan va „Juventus“ A Seriyada „Roma“ga qarshi oʻyinda (3:1) zaxiradan maydonga tushgan, „Juventus“ liga chempioni sifatida mavsumni yakunlagan[18].
Atalanta (Ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 6-avgustda Atalanta Demiralni „Juventus“dan sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qilgan[19]. 2021/22-yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda jami 42 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. „Atalanta“ 2022-yil 17-iyun kuni 20 million yevroga sotib olish huquqidan foydalangan[20][21].
Xalqaro faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demiral 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yosh guruhlarda Turkiyani himoya qilgan. U 2018-yilning 20-noyabr kuni Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Mert Myuldurning oʻrniga 85-daqiqasida zahiradan maydonga tushib kattalar safida debyut qilgan[22]. 2021-yil 11-iyunda Demiral UEFA Yevro-2020 musobaqsining birinchi oʻyinida Italiyaga qarshi (3:0) maydonga tushgan[23].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 20-aprelda Demiral va uning sevgilisi Heidi Lushtaku oʻgʻil farzandli boʻlishdi va bu haqda bola tugʻilgandan bir oy oʻtgach eʼlon qilishdi[24].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Club | Season | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Alcanenense | 2016-17 | Portugaliya chempionati | 12 | 0 | 1 | 0 | — | — | 13 | 1 | ||
| Sporting CP B (Ijara) | 2016-17 | LigaPro | 3 | 0 | — | — | — | 3 | 0 | |||
| Sporting CP B | 2017-18 | LigaPro | 26 | 0 | 0 | 0 | — | — | 26 | 0 | ||
| Jami | 29 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 29 | 0 | ||
| Sporting CP | 2017-18 | Primeir Liga | — | 1 | 0 | — | — | 1 | 0 | |||
| Alanyaspor | 2018-19 | Süper Lig | 16 | 1 | 0 | 0 | — | — | 16 | 1 | ||
| Sassuolo | 2018-19 | A Seriya | 14 | 2 | — | — | — | 14 | 2 | |||
| Juventus | 2019-20 | A Seriya | 6 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 8 | 1 |
| 2020-21 | A Seriya | 15 | 0 | 4 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 23 | 0 | |
| Jami | 21 | 1 | 4 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 32 | 1 | ||
| Atalanta (Ijara) | 2021-22 | A Seriya | 28 | 1 | 2 | 0 | 12 | 1 | — | 42 | 2 | |
| Atalanta | 2022-23 | A Seriya | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | ||
| Karyerada jami | 120 | 6 | 8 | 0 | 18 | 1 | 1 | 0 | 147 | 7 | ||
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Turkiya | 2018 | 1 | 0 |
| 2019 | 11 | 0 | |
| 2020 | 7 | 0 | |
| 2021 | 12 | 1 | |
| 2022 | 4 | 1 | |
| Jami | 35 | 2 | |
| № | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 13.11.2021 | Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya | 4-0 | 6-0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi | |
| 2 | 4.06.2022 | Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya | 4-0 | 4-0 | 2022-23 UEFA Millatlar ligasi C |
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Juventus
- A Seriya : 2019-20[25]
- Italiya kubogi : 2020-21[26]
- Italiya Superkubogi : 2020 ; ikkinchi oʻrin: 2019
Turkiya U20
- Toulon turniri uchinchi oʻrin: 2018[27]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toucedo. „Turco Merih Demiral chega emprestado“ (portugalcha). O Jogo (11-yanvar 2017-yil). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Game Report by Soccerway“. Soccerway (5-fevral 2017-yil).
- ↑ Tornesi. „Demiral quer convencer Jesus na pré-temporada“ (portugalcha). O Jogo (30-may 2017-yil). 2020-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Hoşgeldin Merih Demiral!“ (turkcha). Alanyaspor (15-avgust 2018-yil). 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2018-yil.
- ↑ Hürriyet.de-Redaktion. „Deadline-Day: GazeteFutbols Transferticker“ (olmoncha). gazetefutbol.de (31-yanvar 2019-yil).
- ↑ „UFFICIALE: Sassuolo, arriva Demiral in prestito con obbligo di riscatto“ (italyancha). tuttomercatoweb.com. Qaraldi: 30-yanvar 2019-yil.
- ↑ Pergolizzi. „Perché la Juventus vuole prendere Demiral“ (it). www.ultimouomo.com (29-may 2019-yil).
- ↑ „Sassuolo, doppietta da sogno per Demiral: prime gioie in Serie A!“ (italyancha). www.calcionews24.com (4-aprel 2019-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Official: Merih Demiral is Bianconero!“ (En). Juventus F.C. (5-iyul 2019-yil). 5-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2019-yil. „"The Turkish defender joins Juventus from Sassuolo: he will be a Bianconeri until 30 June 2024."“.
- ↑ „Merih Demiral'ın Juventus'taki maaşı belli oldu“ (Tr). Sözcü. 14-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2019-yil.
- ↑ „Demiral: 'Being the first Juve turk is an honor, Chiellini helps me a lot'“. www.calciomercato.com (20-avgust 2019-yil). 2020-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-yanvar 2020-yil.
- ↑ Vaciago, Guido. „Serie A, Juve-Verona 2-1: Ramsey e Cristiano Ronaldo firmano la rimonta“ (italyancha). Tutto Sport (21-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 22-sentabr 2019-yil.
- ↑ Thorogood. „Leverkusen 0–2 Juventus“. UEFA.com (11-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.
- ↑ Agresti. „Juventus, Demiral da urlo contro il Bayer Leverkusen: arma in più per Sarri“ (italyancha). Goal.com (13-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Euro roundup: Zaniolo and Demiral likely to miss Euros after rupturing ACLs“. The Guardian (13-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Roma 1 - 2 Juventus“. Football Italia (12-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Demiral dalla gioia (del gol) al dolore (dell'infortunio): distorsione al ginocchio, domattina il verdetto“ (italyancha). La Gazzetta dello Sport (12-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2020-yil.
- ↑ Baldini, Sergio. „Juve-Roma 1-3: Higuain non basta, ora testa alla Champions“ (italyancha). www.tuttosport.com (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
- ↑ „Benvenuto Demiral!“ (italyancha). atalanta.it (2021-yil 6-avgust).
- ↑ „Demiral: esercitato il diritto di opzione“ (italyancha). atalanta.it (17-iyun 2022-yil).
- ↑ Campanale. „Atalanta to purchase Demiral from Juventus after all“. Football Italia (17-iyun 2022-yil).
- ↑ „Turkey v Ukraine game report“. ESPN (20-noyabr 2018-yil).
- ↑ „'Juve's in his blood!' - Turkish defender Demiral nets historic own goal to open Euro 2020 against Italy | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
- ↑ „Heidi Lushtaku bëhet nënë për herë të parë – zbulon lidhjen me futbollistin e njohur Merih Demiral“ (albancha). Telegrafi (20-may 2022-yil).
- ↑ „Juventus 2-0 Sampdoria: Maurizio Sarri's side claim ninth straight Serie A title“. BBC Sport (26-iyul 2020-yil). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.
- ↑ „Coppa: Juventus end Atalanta dream“ (19-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
- ↑ „47è Festival International Espoirs“ (fransuzcha). festival-foot-espoirs.com. Qaraldi: 15-yanvar 2020-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda Merih Demiral haqida turkum mavjud |
- Merih Demiral – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 5-martda tugʻilganlar
- 1998-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Turkiyalik erkak futbolchilar
- Erkaklar futbol markaziy himoyachilari
- US Sassuolo Calcio futbolchilari
- Alanyaspor futbolchilari
- A.C. Alcanenense futbolchilari
- Sporting CP B futbolchilari
- Juventus F.K. oʻyinchilari
- Atalanta BC futbolchilari
- Al-Ahli Saudiya FC futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- Segunda Liga futbolchilari
- Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari
- AFC Osiyo Elita Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- Turkiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Portugaliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar

