Melodika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Melodika (yun. melodikos — ohangdor) —1) kuy (melodiya) haqidagi taʼlimot, dastlab Yunonistonda Aristok-sen asoslab bergan ("nutq intonatsiyasidan farqli oʻlaroq, barcha kuylar sof sozdan gan tovushlar tizimiga asoslanadi"). Oʻrta ayerlarda kuylar (alhon) ning tuzilishi va badiiy jihatlari haqida Sharkda Forobiy, Safiuddinal-Urmaviy, Jomiy va boshqa, Yevropada Avgustin, Gvido d’Aretsso, Sarlino va boshqa fikr yuritib, M. ilmini oʻziga xos ravishda davom ettirishgan. J. F.Ramo gomofoniya uslubidagi kuylarning garmoniyata bogʻliqligini taʼkidlab, M. masalalarini koʻproq kompozitsiya va garmoniya nuqtai nazaridan oʻrganishga asos solgan (Russo, I. Mattezon). 19— 20-asrlarda A. Marks, X. Riman, E. Kurt, B. Asafyev, L.Mazel, M. Aranovskiy, B. Sabolchi va boshqa zamonaviy M. taʼlimotining rivojiga katta hissa qoʻshgan; 2) muayyan musiqa asari, kompozitor ijodi yoki musiqa uslubiga xos kuy xususiyatlari (mas, oʻzbek xalq, qoʻshiqlarining M.si, Betxoven M.si va h.k.).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil