Mehriddin Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mehriddin Abdullayev
Меҳриддин Абдуллаев Раззоқович
Neft-gaz raisi
Mansab davri
2021-yil mart — 
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Bahromovich Sidiqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1969-yil
Buxoro viloyati Jondor tumani
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti
Vebsayti UZBEKNEFTGAZ

Mehriddin Abdullayev Razzoqovich — 1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan[1]. „Bunyodkor“ futbol klubi prezidenti[2], „O‘zbekneftgaz“ AJ boshqaruv raisi[3]. 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi, huquqshunos. 1969-yil Buxoro viloyatining Jondor tumanida tugʻilgan[1]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehriddin Abdullayev mehnat faoliyatini 2003-yili Jondor tumanidagi Markaziy bankda boshlagan. 2003−2006-yilllar oraligʻida bankning Buxoro viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyinchalik mamlakatning bank tizimida turli lavozimlarida, xususan 2006−2010-yillarda Markaziy bankning hududiy boshqarmasi rahbari, Milliy bank raisining birinchi o‘rinbosari, „Asaka“ banki filiali boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

2010-yildan mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida davom ettirdi. 2010−2012-yillarda Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori, 2012−2015-yillarda Moliya vazirining o‘rinbosari, 2015−2016-yillarda Respublika yo‘l jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016−yilda Buxoro viloyati hokimining huquqni muhofaza qilish organlari, yoshlar siyosati faoliyatini muvofiqlashtirish, maʼmuriy masalalar va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari birinchi o‘rinbosari, 2017-yilda hokimliklarning boshqaruv tuzilmasi yangilanganidan keyin viloyat hokimining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2016−2017-yillar oraligʻida Buxoro viloyatining hokim o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan[4][5]

2017-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mehriddin Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlashidan oldin ushbu palata raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan[5]. 2022-yil 4-sentyabrdagi Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan hamkasblariga tabrik yoʻllagan[6]. Mehriddin Abdullayev boshchiligida Bunyodkor klub rahbariyati, futbolchilar va fan klub aʼzolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 2021−2022-yillardagi klubdagi salbiy koʻrsatkichlarni keskin tanqid qildi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „«Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti lavozimiga tayinlandi“ (2-mart 2021-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2022-yil.
  2. „“Bunyodkor” klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi yig‘ilishda klub bosh direktori va bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi“ (9-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2022-yil.
  3. „Mehriddin Abdullayev «Bunyodkor» a’zolari bilan uchrashdi. Yangi bosh murabbiy tayinlandi“ (3-mart 2020-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2022-yil.
  4. „Mehriddin Abdullayev «O‘zbekneftgaz» rahbari bo‘ldi“ (8-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 „Prezident Mehriddin Abdullayevni yangi lavozimga tayinladi“ (23-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 9-sentabr 2022-yil.
  6. „“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev neft va gaz sanoati xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi“.
  7. „“Bunyodkor” klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi yig‘ilishda klub bosh direktori va bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi“.