Meʼda shirasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Meʼda shirasi — meʼda (oshqozon) shilliq pardasining turli bez hujayralaridan ishlanib chiqadigan ovqat hazm qilish shirasi; rangsiz, tiniq, nordon suyuklik. Unda xlorid kislota va bir qator mineral tuzlar, shuningdek, fermentlar (asosan, pepsin va boshqalar) bor. Odam Meʼda shirasidagi xlorid kislota konsentratsiyasi 0,4—0,5% ga teng . Xlorid kislota ovqatni oʻzlashtirishda muhim rol oʻynaydi. U ovqat luqmalarini namlab yumshatadi, Meʼda shirasining fermentlarini faollashtiradi, mikroorganizmlarni oʻldiradi, meʼda osti bezining fermentlar ishlab chiqarishini kuchaytiradi, ovqat hazm qilish gormonlarining hosil boʻlishiga yordam beradi. Meʼda shirasidagi xlorid kislota miqsori "kislotalilik" degan tushuncha bilan yuritiladi. Kislotalilik hamma vaqt bir xil boʻlmaydi, u shira ajralishining tezligiga, ishqoriy reak-siyaga ega boʻlgan meʼda shilligʻining neytrallash taʼsiriga bogʻliq; ovqat hazm kilish sistemasi aʼzolarining kasalliklarida ham kislotalilik oʻzgaradi. Maʼlumki, meʼda bezi hujayralari asosiy, qoplovchi va qoʻshimcha hujayralarga boʻlinadi, ularning har qaysi guruhi shiraning maʼlum bir tarkibiy qismini ishlab chiqaradi. Qoʻshimcha xujayralar Meʼda shirasini qovushqoq qiluvchi shilliq ajratadi, ana shu shilliq xlorid kislotani neytrallaydi va Meʼda shirasining kislotaliligini kamaytiradi, shilliq pardani taʼsirlardan saklaydi va meʼdaga tushgan oziq mahsulotlarni oʻzlashtirishda ishtirok etadi. Meʼda shirasi tarkibida fermentlar, shilliq va xlorid kislotadan tashqari, bir qator organik va anorganik moddalar, shuningdek, ingichka ichakda vitamin V|2 ning soʻrilishini taʼminlaydigan Kasl faktori deb ataluvchi maxsus modda boʻladi; u koʻmikda qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning normal yetilishi uchun zarur. Meʼda, ichak, jigar, oʻt pufagi hamda qon kasalliklarida, shuningdek, ruhiy hayajonlanish va qaygʻu taʼsirida ham Meʼda shirasining miqpori va tarkibi oʻzgarishi mumkin. Meʼda shirasini zond bilan olib tekshirish diagnostik ahamiyatga ega.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil