Pepsin

Pepsin (qadimgi yunoncha: πέψις – hazm qilish), oshqozon shilliq qatlami hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan ferment. Oziq ovqat oqsillarini peptidlarga parchalanishini amalga oshiradi. Insonlar, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va ko’pchilik baliqlar oshqozonida mavjud.
1836-yilda Theodor Schwan tomonidan ochilgan. 1930-yilda Jon Northrop uni kristall shaklda olishga muvaffaq boʻldi.
Qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pepsinlar sut emizuvchilar, jumladan, odamlar hazm qilish jarayonida muhim o’rinni egallaydigan, oziq-ovqat oqsillarini aminokislotalarga aylantiradigan ferment hisoblanadi. Pepsin faqat oshqozonning kislotali muhitida faollashadi va u o'n ikki barmoqli ichakning ishqoriy muhitiga kirganda faolligini yo’qotadi.
Labaratoriyada da oqsilning birlamchi tuzilishini oʻrganish, sir tayyorlashda ishlatiladi. Tibbiyotda meʼda shirasining ajralishi susayib, ovqat hazm qilish yoʻllarining faoliyati buzilganda qoʻllanadi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Andoza:PDB; "Crystal structure of human pepsin and its complex with pepstatin". Protein Science 4 (5): 960–72. May 1995. doi:10.1002/pro.5560040516. PMID 7663352. PMC 2143119. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2143119.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- The MEROPS online database for peptidases and their inhibitors: Pepsin A A01.001, Pepsin B A01.002, Pepsin C (Gastricsin) A01.003
- Beemans Gum
- Pepsin: Molecule of the Month Wayback Machine saytida arxivlandi (2015-11-30)., by David Goodsell, RCSB Protein Data Bank
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |