Bekzod Hidoyatov
Bekzod Hidoyatov | |
---|---|
Bekzod Shavkatovich Hidayatov | |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning Matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi | |
Mansab davri 17-may 2023-yildan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Hasanov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Bekzod Shavkatovich Hidoyatov 4-sentyabr 1990-yil Yangiyoʻl Toshkent viloyati |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Istiqomat joy(lar)i |
Toshkent Oʻzbekiston |
Taʼlim | Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Dini | islom |
Maʼlumoti | oliy |
Bekzod Shavkatovich Hidoyatov — (1990-yil 4-sentabrda tugʻilgan) — yuqori martabali davlat xizmatchisi, jurnalist. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi — UzA sharhlovchisi, yetakchi muharriri, Kotibiyati mudiri (2014-2017-yil), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boʻlim boshligʻi, axborot xizmati rahbari (2017-2019-yil), 2019-yil 13-maydan Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining matbuot xizmati bosh mutaxassisi, shuningdek, 2023-yil 17-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi [1].
Tarjimayi holi
Bekzod Hidoyatov 1990-yil 4-sentabrda Toshkent viloyatida ishchi va dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi — Xidayatov Shavkat Vasikovich (1966-yil 3-iyunda tugʻilgan) Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ ishchisi, onasi — Pulatova Mayramxon Sobitxoʻjayevna (1968-yil 31-dekabrda tugʻilgan). 2014-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Mehnat faoliyati
Bekzod Hidoyatov mehnat faoliyatini O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA Mahalliy axborot tahririyatining Toshkent viloyatidagi sharhlovchisi sifatida boshlagan. Maʼlum muddat O‘zAning Respublika axborot tahririyati yetakchi muharriri lavozimida ham ishlagan.
2016-2017-yillarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Kotibiyati mudiri, 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, 2019-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmatining bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan. 2023-yil 17-maydan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmati rahbari — Matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Uning jurnalist faoliyati bilan shug‘ullangan davrda ko‘plab maqolalari, lavha va reportajlari respublikadagi yetakchi bosma va elektron nashrlarning bosh maqolasiga aylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jurnalistlar „pool“ida ko‘plab siyosiy reportajlar tayyorlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi sifatidagi faoliyatida Xalqaro maqom sanʼati anjumani, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini yoritishga mo‘ljallangan matbuot markazini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini taʼminlagan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlarida ham faol ishtirok etgan.
Xalqaro kitob ko‘rgazmalarida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash, „O‘zbekiston milliy pavilon“ini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirgan[2].
2016-yilda „Yilning eng faol yosh jurnalisti“ respublika tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan[3].
Havolalar
Manbalar
[1]Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi
- ↑ Hidoyatov, Bekzod „O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning Matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi“. gov.uz. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali. Qaraldi: 12-iyul 2023-yil.