Bekzod Hidoyatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bekzod Hidoyatov
Bekzod Shavkatovich Hidayatov
 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning Matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi
 
Mansab davri
17-may 2023-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Baxtiyor Hasanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Bekzod Shavkatovich Hidoyatov

4-sentyabr 1990-yil (1990-09-04) (33 yosh)
Yangiyoʻl
Toshkent viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Oʻzbekiston Milliy universiteti
Dini islom
Maʼlumoti oliy

Bekzod Shavkatovich Hidoyatov – (1990-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) – yuqori martabali davlat xizmatchisi, jurnalist. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – UzA sharhlovchisi, yetakchi muharriri, Kotibiyati mudiri (2014-2017-yil), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boʻlim boshligʻi, axborot xizmati rahbari (2017-2019-yil), 2019-yil 13-maydan Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining matbuot xizmati bosh mutaxassisi, shuningdek, 2023-yil 17-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekzod Hidoyatov 1990-yil 4-sentyabrda Toshkent viloyatida ishchi va dehqon oilasida tugʻilgan. Otasi – Xidayatov Shavkat Vasikovich (1966-yil 3-iyunda tugʻilgan) Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ ishchisi, onasi – Pulatova Mayramxon Sobitxoʻjayevna (1968-yil 31-dekabrda tugʻilgan). 2014-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekzod Hidoyatov mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi – OʻzA Mahalliy axborot tahririyatining Toshkent viloyatidagi sharhlovchisi sifatida boshlagan. Maʼlum muddat OʻzAning Respublika axborot tahririyati yetakchi muharriri lavozimida ham ishlagan.

2016-2017-yillarda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Kotibiyati mudiri, 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi, 2018-2019 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, 2019-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmatining bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan. 2023-yil 17-maydan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Uning jurnalist faoliyati bilan shugʻullangan davrda koʻplab maqolalari, lavha va reportajlari respublikadagi yetakchi bosma va elektron nashrlarning bosh maqolasiga aylangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jurnalistlar „pool“ida koʻplab siyosiy reportajlar tayyorlagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi sifatidagi faoliyatida Xalqaro maqom sanʼati anjumani, Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini yoritishga moʻljallangan matbuot markazini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini taʼminlagan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlarida ham faol ishtirok etgan.

Xalqaro kitob koʻrgazmalarida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash, „Oʻzbekiston milliy pavilon“ini tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni muvafaqqiyatli amalga oshirgan[2].

2016-yilda „Yilning eng faol yosh jurnalisti“ respublika tanlovida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan[3].

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot kotibi (Wayback Machine saytida 2023-07-10 sanasida arxivlangan)

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentda Aziya Invest Favorit qurilish kompaniyasi bilan bogʻliq muammo hukumat komissiyasi tomonidan oʻrganiladi

Sobiq aloqa vaziri yangi lavozimga tayinlandi

„Zararni albatta MChJga toʻlatamiz“ – Sergelidagi xarajatlar budjetdan qoplanayotganiga izoh berildi

„Notoʻgʻri talqin qilinmoqda“. Bosh vazir matbuot kotibi – RFning Oʻzbekistonda maktab qurish taklifi haqida

  1. Hidoyatov, Bekzod „O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning Matbuot xizmati rahbari – Matbuot kotibi“. gov.uz. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali. 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2023-yil.