Geliokonsentrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geliokonsentrator (gelio..., lot. con. — birga, centrum — markaz, oʻchoq) — quyosh radiatsiyasi zichligini oshirish maqsadida quyosh nurlarini bir joyga toʻplash (fokuslash) uchun moʻljallangan qurilma; bir yoki bir necha koʻzgu yoki linzadan iborat. G.ning asosiy qismlari bikr (qattiq) biriktirilgan korpus va koʻzgu yoki linzalar toʻplami. G.ning qaytaruvchi sirti paraboloid, konussimon, toroidal, tarkibiy (har xil yassi koʻzgulardan iborat), koʻzgulinzali va b. koʻrinishda boʻlishi mumkin.

Quyosh nurlarini toʻplab, undan foydalanishga urinish qadimdan maʼlum. Masalan, Arximed, fransuz olimlari T. P. Byuffon va A. L. Lavuazyening yondirish qurilmalari, keyinchalik har xil shakldagi Geliokonsentorlar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda diametri 10 metr li paraboloid koʻrinishidagi Geliokonsentor 1946-yilda yaratilgan. Shundan keyin Fransiya, AQSH va Yaponiyada ham xuddi shunday paraboloid G.lar yasaldi. Ular bir-biridan diametri bilan farq qilardi, xolos. Keyinchalik koʻzgularning umumiy yuzasi 20 ming m2 ga yetadigan yirik G. ham paydo boʻldi. Geliokonsentrator quyosh issiqlik-kuch qurilmalari, quyosh energetika qurilmalari va boshqalarda qoʻllaniladi. Paraboloid Geliokonsentor yordamida hosil qilinadigan eng yuqori energiya zichligi 35-YU3 kVt/m2 (Quyosh sirtida nur energiyasi zichligi 74-YU3 kVt/m2).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]