Abulqosim Bobur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abulqosim Bobur
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mirzo, shoir

Abulqosim Bobur (1422, Hirot1457-yil mart, Mashhad) — temuriylardan, Boysunqur mirzoning oʻgʻli. Bobosi Shohrux mirzo qoʻl ostida tarbiyalangan. Xuroson taxti uchun kurashda gʻolib chiqib, 1449-yil fevralda Abulqosim Bobur Hirotni egallaydi. Temuriylarning Xurosondagi hukmdori (1149-57). 1454-yilda Samarqand uchun muvaffaqiyatsiz yurish qiladi va qirq kunlik qamaldan soʻng Sulton Abu Said bilan bitim tuzib, Hirotga qaytadi. Bitimga koʻra Amudaryo ilgarigidek ikkala davlat oʻrtasidagi chegara boʻlib qolgan. Abulqosim Bobur shoirlarni toʻplab mushoiralar oʻtkazgan va oʻzi ham turkiy, fors tillarida sheʼrlar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abulqosim Bobur" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil