Okean: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
JAnDbot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: bg, kk, krc Tuzatdi: sv Oʻchirdi: an
k Bot Qoʻshdi: sv:Ocean
Qator 112: Qator 112:
[[sr:Океан]]
[[sr:Океан]]
[[su:Jaladri]]
[[su:Jaladri]]
[[sv:Ocean]]
[[sw:Bahari]]
[[sw:Bahari]]
[[szl:Uocean]]
[[szl:Uocean]]

6-May 2010, 07:52 dagi koʻrinishi

Okean (yunoncha Ωκεανός (Okeanos)) yoki ummon dengiz suvidan iborat global jism boʻlib, gidrosferaning asosini tashkil etadi. Yer yuzasining taxminan 71%'ini (~361 million kvadrat kilometr) Dunyo Okeani egallagan. Bu okeanning yarmidan koʻpi 3,000 metrdan chuqur. Okean suvining oʻrtacha shoʻrligi 35 promille (3.5%).

Dunyo Okeani shartli ravishda beshta okeanga boʻlinadi:

Soʻnggi, beshinchi okean Antarktida atrofida boʻlib, 2000 yili Xalqaro Gidrografiya Ittifoqi tomonidan ajratildi. Bunga sabab sifatida Antarktik aylana oqimining ushbu suv havzasini boshqa okeanlardan yaqqol boʻlishi koʻrsatilgan.

Umumiy nazar

Okeanlarning bir nechtaga boʻlinishi shartlidir, zero ular bir-biri bilan bogʻlangan va ular yagona Dunyo Okeanini tashkil etishadi.[1][2] Dunyo Okeanining kichik okeanlarga boʻlib koʻrsatilishiga sabab ushbu okeanlar orasidagi qitʼa va materiklar, arxipelaglar hamda suv oqimlari mavjudligidir; bular okeanlar orasidagi chegara, deb tushuniladi. Okeanlar oʻz navbatida dengiz, koʻrfaz, qoʻltiq kabi kichikroq suv havzalariga ajratiladi. Biroq barcha suv havzalari ham Dunyo Okeaniga ulanmagan, masalan, Kaspiy dengizi va Orol dengizi.

Geologik maʼnoda, okean okeanosti qobiqning suv bilan qoplangan qismidir. Okeanosti qobiq Yer mantiyasining qitʼasiz qismini qoplagan vulqon bazaltining yupqa qatlamidir. Bu nuqtai nazardan dunyoda uchta mustaqil okean bor: Dunyo Okeani, Kaspiy dengizi va Qora dengiz, soʻnggi ikkitasi Simmeriya platosining Lavraziya bilan toʻqnashuvidan yuzaga kelgan. Oʻrta Yer dengizi ham deyarli mustaqil okeandir, lekin u Dunyo Okeani bilan Gibraltar boʻgʻozi orqali bogʻlangan. Aslida bir necha million yillar muqaddam Afrika platosi ushbu boʻgʻozni mutlaqo yopib turgan edi. Qora dengiz ham Oʻrta Yer dengiziga Bosfor orqali bogʻlangan, biroq bu kanal atigi 7,000 yil ilgari paydo boʻlib, Gibraltar boʻgʻozichalik katta emas va koʻp suv almashtirishni eplay olmaydi.

Ilovalar

  1. Ocean The Columbia Encyclopedia, 2006
  2. Sayyoramizdagi quruqlik va suvlar


Okeanlar (Ularning barchasi dunyo okeanining bir qismidir)
Tinch okeani · Atlantika okeani · Hind okeani · Janubiy okean · Shimoliy Muz okeani