Layli va Majnun: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
ArthurBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: war:Layla ngan Majnun
D'ohBot (munozara | hissa)
k Bot Qoʻshdi: pt:Laila e Majnun
Qator 54: Qator 54:
[[ms:Laila dan Majnun]]
[[ms:Laila dan Majnun]]
[[pl:Lajla i Madżnun]]
[[pl:Lajla i Madżnun]]
[[pt:Laila e Majnun]]
[[ru:Лейли и Маджнун]]
[[ru:Лейли и Маджнун]]
[[tg:Маҷнун]]
[[tg:Маҷнун]]

2-May 2010, 15:04 dagi koʻrinishi

Nizomiy "Xamsa"sidagi "Layli va Majnun" hikoyasini tasvirlovchi miniatura. XVI asr.

Layli va Majnun (arab. مجنون و ليلى (Majnun va Laylo)) arab romantik dostonidir. Voqeiy boʻlmish bu hikoyada Qays ibn al-Mulavvo ismli arab yigitining Layli ismli qiz bilan ishqiy munosabatlari yoritiladi. Oʻgʻlining bu qizga uylanishiga qarshi chiqqan otasining tazyiqlari va ayriliq tufayli Qays aqldan ozib, devona boʻladi ("majnun" va "jinni" soʻzlarining oʻzagi bir).

Doston qator adiblar tomonidan turlicha talqin qilinib yozilgan (masalan, Nizomiy, Alisher Navoiy).

"Layli va Majnun"da ishq

Majnun va Layli komillikda vahdatni-yagona- yaxlitlikni tashkil etadi. Bu esa nihoyatda baland darajadagi ishqning-xos ishqning koʻrinishi boʻlib, unda jismoniylik emas, balki maʼnaviylik yetakchi mavqyeni egallaydi. Bunday yuksak darajadagi xos ishqni tushinmaydiganlar Majnun va Layli ishqi mohiyatini ham tushinmaydilar. Bular qatorida Laylining otasi ham bor, ibn Salomlar ham bor.

Shuning bilan bir qatorda Alisher Navoiy dostonda Majnun va Laylilar ishqi mohiyatini tushunuvchi va ularga yordam qoʻlini choʻzganlar ham borligini Navfal obrazi misolida koʻrsatadi. Chunki:

				Navfalki Arabda erdi nodir,
				Tig’iga qadar, o’qig’a qodir.
				Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
				Oromgahi bu marz ila bum…
				Navfal dag’i ishq ko’rgan erdi,
				G’am dashti aro yugurgan erdi.

(MAT, 9-tom, 152—153-betlar).

Shu jihatdan Navfal qizi va uning sevgilisi taqdirining ijobiy hal qilingani tushinarlidir. Ammo Navfal qizi va uning sevgilisining muhabbati Majnun va Laylilar oʻrtasidagi ishq-xavos ishqi darajasiga koʻtarilgan emas. Navfal qizi va sevgilisining oʻzaro ishqi Alisher Navoiy taʼriflagan "avom ishqidurkim, …derlar: «falon falonga oshiq boʻlubdur… va bu qismning (avom ishqining) biyikrak martabasi shar’iy nikohdurkim, bari xaloyiqqa sunnat…» (MAT, 14-tom, 67-bet).

Alisher Navoiy dostonida bu ikki xil ishqning talqinida shoir majoziy ishq martabasiga Majnun va Laylilar ishqi misolida alohida urgʻu beradi, chunki bu martaba komillik martabasi boʻlib, unda «pok koʻzni pok nazar bila pok yuzga solmoqdur va pok koʻngul ul pok yuz oshubidin koʻzgʻolmoq va bu pok mazhar vositasi bila oshiqi pokboz mahbubi haqiqiy jamolidin bahra olmoq»dir (MAT, 14-tom, 68-bet)

Demak, Alisher Navoiy mazkur dostonda hamma sohada poklikka erishgan komil inson haqidagi mulohazalarini Majnun va Layli afsonasi vositasida bayon qiladi:

				Yozmoqda bu ishqi jovidona, 
				Maqsudum emas edi fasona.
				Mazmunig’a bo’ldi ruh mayli,
				Afsona edi aning tufayli.
				Lekin chu raqamg’a keldi mazmun,
				Afsona anga libosi mavzun…
				Insonga erur kamol matlub,
				Andin dag’i dardu hol matlub…
				Yo rab, bu raqamki bo’ldi marqum,
				Har kim o’qumoqdin etsa ma’lum.
				Har ne ki o’qur taammul etsa,
				Degan g’arazim taxayyul etsa.

(MAT, 9-tom, 310—312-betlar). Shunday qilib, Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi ikkinchi — «Farhod va Shirin», uchinchi — «Layli va Majnun» dostonlari haqida umumiy yoʻnalish tarzida mulohaza yuritdik. Agar diqqat bilan qaralsa, bu ikki dostonni bir-biriga yaqinlashtiruvchi mushtarak mavzu — komil inson mavzusi bor. Bu mavzu ularni bir-biriga bogʻlabgina qolmaydi, balki mavzuning har bir dostonda oʻziga xos tarzda yoritilishi ularning uslubiy oʻziga xosliklarini namoyon etadi, yaʼni «Farhod va Shirin»da bu mavzu ijtimoiy faollik koʻlamida yoritilsa, «Layli va Majnun»da esa asosan ishq maydonidagi ichki kechinmalar, ruhiy holatlarning chuqur tasviri orqali nihoyatda mahorat bilan tasvirlanadi.

Demak, Alisher Navoiy bu dostonlarda bir mavzuni ikki yoʻnalishda davom ettirib, uning koʻp qirrali ekanini koʻrsatishga, badiiy timsollar, voqyealar, hikoyatlar orqali tasvirlashga katta mahoratini namoyon etgan.