Meklenburg-Old Pomeraniya: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
Qator 8: Qator 8:
{{Commonscat|Mecklenburg-Vorpommern}}
{{Commonscat|Mecklenburg-Vorpommern}}


{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{OʻzME}}


{{Olmoniya yerlari}}
{{Olmoniya yerlari}}

30-Sentyabr 2021, 09:57 dagi koʻrinishi

Meklenburg-Old Pomeraniya (olm. Mecklenburg-Vorpommern) — Olmoniya yeri. Mamlakatning shim.-sharqiy qismida, Boltiq dengizi so-hilida joylashgan. Maydoni 23,2 mingkm². Maʼmuriy markazi — Shverin shahri Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). Meklenburg-Old Pomeraniyada aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relyefi sertepa, yaylov va oʻrmonlar bor. Eng katta daryosi — Elba. Koʻl koʻp bulgani uchun "Ming kullar yeri" deb ataladi. Eng yirigi — Myurits koʻli (maydoni 117 km2). Meklenburg-Old Pomeraniyada 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qoʻriqxonalari tashkil etilgan, 3 milliy bogʻ bor. Old Pomeraniya uzok, vaqt Shvetsiya hukmronligi ostida boʻlgan, keyinroq Prussiya tarkibiga oʻtgan. Meklenburg Olmoniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. Meklenburg-Old Pomeraniya yeri Ikkinchi jahon urushidan soʻng sobiq Olmoniya Demokratik Respublikasi tarkibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990 yilda yana GFR tarkibidagi yer qilib tiklandi.

Meklenburg-Old Pomeraniya xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi yetakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilboʻyida sharqiy r-nlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivojlangan. Yil davomida 10 mln.dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari — Rostok, Shverin.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil