Brandenburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Deutschland Lage von Brandenburg.svg

BrandenburgOlmoniya yerlaridan biridir. Poytaxti — Potsdam. Maydoni 29 478,63 km2. 2 495 635 nafar aholi istiqomat qiladi (2011). Maʼmuriy markazi — Potsdam shahri B. markazida yer huquqiga ega boʻlgan alohida maʼmuriy birlik, mamlakat poytaxti — Berlin shahri joylashgan. B.da aholi zichligi boshqa yerlarga nisbatan kam. Oʻrta asrlarda B. oʻrnida aholisi asosan Gollandiya, Chexiya va Fransiyadan badargʻa qilinganlardan iborat nemis knyazligi boʻlgan. 1356-yildan kurfyurstlik (1415-yil dan Gogensollernlar boshqardilar; 1486-yildan ularning qarorgohi Berlin edi); 1618-yildan B. Prussiya davlatidagi Prussiya gersogligi bilan birlashdi. 1815—1945-yillarda Prussiya provinsiyasi, soʻngra Olmoniya yeri boʻlib, Ikkinchi jahon urushidan soʻng B.viloyatlarining katta qismi sovet okkupatsiyasi zonasiga kirdi, 1949-yildan GDR tasarrufida, 1990-yilda GDR va GFR qoʻshilgandan soʻng , birlashgan Olmoniya tarkibida.

B. Olmoniyaning yangi yerlari ichida maydoni jihatidan eng kattasi. Maydonining 35% oʻrmon. B.dan Xavel va Shpre daryolari oqib oʻtadi. Tabiat muhofazasiga eʼtibor kuchli. Tabiat parklari, qoʻriqxonalar va rezervatlar koʻp. B. industrialagrar rayon. Brandenburg va oʻrmonchilik B. iqtisodiyotida muhim oʻrin tutadi. Bushoy, javdar, kartoshka, qand lavlagi, moyli oʻsimliklar ekiladi, Berlin hamda Oderburx shaharlari atrofida sabzavot va meva yetishtiriladi. Transport mashinasozligi, stanoklar ishlab chiqarish, elektronika, energetika, oziq-ovqat va kimyo sanoati rivojlangan. Sanoatlashgan qismi — Ayzenxyuttenshtadt (poʻlat quyish) va Kotbus (qoʻngʻir koʻmir qazib olish, kimyo sa, noati va energetika). Berlindan jan.da, Lyudvigsfeldda tayyor qismlardan yuk mashinalari yigʻiladi. FrankfurtOderda elektrotexnika sanoati va priborlar ishlab chiqarish korxonalari bor. 13—15-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil