Aleksandr: Versiyalar orasidagi farq
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
→Sʻoʻgd va Baqtriyaga yurish
Tahrir izohi yoʻq |
Teg: Qaytarildi |
||
== Sʻoʻgd va Baqtriyaga yurish ==
[[Fayl:The killing of Cleitus by Andre Castaigne (1898-1899) reduced.jpg|thumb| Samarqandda Aleksandr tomonidan o’z d’osti Klitni oldirishi, Kastanie rasmi, 19 asr]]
Aleksandr 329 yil [[Baqtriya]]ni egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib o‘tib, Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qo‘lga olinib, qatl etilgan. So‘ng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yo‘l oladida, u yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. Umuman Aleksandrning [[O‘rta Osiyo]]ga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bularning ichida eng kattasi – Kiropol bo‘lib, [[Kir II]] uni boshqa shahar-qal’alarga nisbatan baland devor bilan o‘rattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining ko‘pchilik qismi, eng jangovar jangchilar to‘plangandi. A. shahar atrofiga xandaq qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bu urinishi natijasiz chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan o‘tgan quruq daryo o‘zani orqali o‘zining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan Aleksandr jangchilari o‘rtasida shiddatli jang bo‘lgan. Unda A. boshi va bo‘yniga tosh tegib yarador bo‘lgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon o‘qidan shikastlangan. Makedon qo‘shini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok bo‘lgan, qolgani ichki qo‘rg‘onga yashiringan, so‘ng tashnalikdan qiynalib taslim bo‘lgan. Makedon qo‘shini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan.
== Hindistonga yurish ==
Mil. av. 327 yil yozida Aleksandr so‘g‘dlik Oropiyni So‘g‘diyona hokimi etib tayinlab, o‘zi Hindistonga yurish qiladida, Gidasp daryosi (Hind d. irmog‘i) sohilida katta qiyinchilik bilan podsho Por qo‘shini ustidan zafar qozonadi. Shu tariqa Aleksandr Panjobni egallab, Gang daryosi vodiysiga yurishni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq safar va kasallik azobidan holdan toygan qo‘shinning ochiqdan-ochiq qarshiligiga duch keladi. Shu bois A. Gifasis daryosi (Hind d. sharqiy irmog‘i) bo‘yidan ortga qaytishga majbur bo‘ladi.A. o‘z davlatining poytaxti qilib Bobil shahrini tanlagan va shu yerda yangi yurishlarga tayyorgarlik ko‘rish asnosida bezgak kasaliga yo‘liqib, vafot etgan.A. yurishlari natijasida vujudga kelgan ulkan saltanat hududi Hind da-ryosidan Dunayga qadar cho‘zilgan bo‘lib, u qad. dunyoning eng yirik davlati edi. Le-kin mustahkam ichki aloqalari bo‘lmagan bu saltanat A. vafot etgach, tezda parchalanib ketgan va uning hududida bir qancha ellinistik davlatlar vujudga kelgan. Aleksandr harbiy san’at tarixida yirik sarkarda sifatida mashhurdir. Qadim zamonlardan (mil. av. 200 yil) Aleksandr haqida ko‘plab rivoyat, afsona, doston va miniatyuralar yaratilgan. Ular o‘rta asr adabiyotiga ham kirib kelgan.
|