Mirmuhsin: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Tahrir izohi yoʻq
Teg: vikimatn muharriri 2017
Qator 1: Qator 1:
{{birlashtirish|Mirmuhsin Mirsaidov}}
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
'''Mirmuhsin''' (1921.3.5, [[Toshkent]]) — [[jurnalist]], [[yozuvchi]]. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1981). Mirmuhsin Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, [[Toshkent]] pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U [[Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi]]da, „[[Qizil Oʻzbekiston]]“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „[[Sharq Yulduzi]]“, „[[Mushtum]]“ va „[[Guliston]]“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.
'''Mirmuhsin''' (1921.3.5, [[Toshkent]]) — [[jurnalist]], [[yozuvchi]]. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1981). Mirmuhsin Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, [[Toshkent]] pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U [[Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi]]da, „[[Qizil Oʻzbekiston]]“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „[[Sharq Yulduzi]]“, „[[Mushtum]]“ va „[[Guliston]]“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.

27-Fevral 2020, 09:51 dagi koʻrinishi

Andoza:Oʻzbek adabiyoti Mirmuhsin (1921.3.5, Toshkent) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1981). Mirmuhsin Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „Sharq Yulduzi“, „Mushtum“ va „Guliston“ jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.

Sheʼrlari

Shoir Mirmuhsin ilk toʻplamlari „Er yurak“, „Vatan“ni 1942-yilda chop ettirgan. U koʻplab sheʼrlar, „Usta G’iyos“, „Doʻlan“ (1947), „Yashil qishloq“ (1948), „Qadrdonlar“ (1954), „Shiroq“ (1967), „Nevara“ singari dostonlar, „Adib va Ziyoda“ (1957) sheʼriy roman muallifi.

Asarlari

Oʻzbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida ham oʻziga xos oʻringa ega. Uning „Dorbozlar“ (1956), „Jamila“ (1957), „Hikoyalar“ (1959), „Qizil durralar“ (1961), „Sozanda“ (1963) singari hikoya va qissalar toʻplamlari bor. „Arab hikoyalari“, „Iskandariya koʻrfazi“, „Moʻtilal“, „G’urbatdagi odam“, „Chodrali ayol“ hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi. Mirmuhsinning uch jildlik (1971–1973), toʻrt jildlik (1981–1984) asarlari toʻplami chop etilgan.

Romanlari

Mirmuhsin roman janrida barakali ijod qilgan. Uning „Chiniqish“ (1964), „Dagrez oʻg’li“ (1973), „Umid“ (1974), „Meʼmor“ (1974), „Chotqol yoʻlbarsi“ (1977), „Ildizlar va yaproqlar“ (1981), „Temur Malik“ (1986), „Ilon oʻchi“ (1995), „Turon malikasi“ (1998) romanlari bir necha bor koʻp tirajlarda chop etilgan. Uning romanlari rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Yozuvchiga „Umid“ va „Meʼmor“ romani katta obroʻ keltirdi. „Me’mor“ romanida hayot oʻta tiniq, xarakterlar mukammal tasvirlangan. Mirmuhsin — romannavisning isteʼdod va izlanishlari shu romanlarda koʻzga aniq tashlanadi.

Mukofotlari

Mirmuhsin Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti laureati (1974), „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ (1981).


Nashr qilingan asarlari

  • Mirmuhsin. Meʼmor. T.: „Sharq“ — 2001.
  • Mirmuhsin. Temur Malik. T.: Adabiyot va sanʼat — 1986.

Adabiyot

  • Normatov U., Abdullayev O. Ijodning qoʻsh qanoti. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1981.
  • Nasriddinov F. Mirmuhsin. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti — 1962.

Manbalar