Shakira: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Havolalar: Tahrirlash
Tahrir izohi yoʻq
Qator 35: Qator 35:


=== Shaxsiy hayoti ===
=== Shaxsiy hayoti ===
2000-yili Shakira oʻsha paytda [[Argentina]] prezidentining oʻgʻli Fernando de lya Rua bilan uchrashishni boshladi. 2001-yil martida Antonio unga turmushga chiqishni taklif etadi. Juftlik 2007-yili toʻyini oʻtkazishni planlashtirgan.
2000-yili Shakira oʻsha paytda [[Argentina]] prezidentining oʻgʻli Fernando de lya Rua bilan uchrashishni boshladi. 2001-yil martida Antonio unga turmushga chiqishni taklif etadi. Juftlik 2007-yili toʻyini oʻtkazishni planlashtirgan. Shakira futbolchi [[Gerard Piqué]]ga turmushga chiqdi. 2013-yilda Milan ismli oʻgʻli dunyoga keldi. 2015-yilda Sasha ismli oʻgʻli dunyoga keldi.


=== Hayriya faoliyati ===
=== Hayriya faoliyati ===

28-Noyabr 2016, 06:46 dagi koʻrinishi

Shakira haqida

Shakira

Maʼlumot
TaxallusiShakira
Tavallud topgan sanasi va joyi2-fevral 1977-yil (1977-02-02) (47 yosh)
Barrankilya, Kolumbiya
Yo'nalishipop
Kasbiqoʻshiqchi
Musiqiy asbob(lar)igitara
Faoliyat yillari1990 — Hozirgi vaqtgacha
Veb-sahifasiwww.shakira.com
Shakira-15
Shakira - Live Paris - 2010 (19)
Shakira - Live Paris - 2010 (6)

Shakira (toʻliq ismi Shakira Isabel Mebarak Ripoll; 1977-yil 2 fevralda Barrankilyada tugʻilgan) — mashhur kolumbiyalik qoʻshiqchi.

Biografiya

Bolalik

1977-yil 2 fevral Barrankilyada Vilyam Mebarak va Nidiya del Karmenning oilasida dunyoga kelgan. Otasi - livanlik va onasi kolumbiyalik unga arab tilidan tarjima qilinganda "yaxshilik va chiroyga toʻla ayol", hindida esa - "yorugʻlik ma'budasi" degan maʻnoni anglatadigan ism berishdi. Shakira oilada ohirgi farzand. Uning bolaligi ona shahri Barrankilyada, kitoblar va lotin amerikalik ritmlar orasida oʻtadi. Otasi - San Blasdagi zargarlik doʻkonining egasi. Oradan koʻp oʻtmay, Shakira musiqa va adabiyotga qiziqa boshlaydi. Uch yoshida Shakira oʻqishni va yozishni bilar, 4 yoshida maktabga borgisi kelar edi, ammo mahalliy ta'lim qonunlari bunga yoʻl qoʻymaydi. Toʻrt yoshidayoq kichik Shaki she'rlar yozardi. Ota-onasi avval ularning isteʻdodi shoir yoki musavvir boʻladi deb oʻylashardi. Maktabda esa oʻqituvchilar boʻlajak yulduzda balerinani koʻrishardi, chunki u juda koʻp raqsga tushardi. Shakiraning bolaligidan eng sevimli raqsi bu - qorin raqsidir. Faqat 8 yoshida ota-onasi unda qoʻshiqchini koʻrishadi. Shu yoshida u don Villiamning optikasi ta'siri ostida "Sening qora koʻzoynaklaring" (Tus gafas oscuras) qoʻshigʻini yozadi.

Musiqiy karyera

Fayl:SHAKIRASTATUE.jpg
Barrankilya, Kolumbiyadagi Shakiraning haykali

Oʻzining birinchi albomi - "Magia"ni Shakira 13 yoshida, Sony Discos bilan shartnoma imzolab yozadi. Shakirani har doim rokka tortar edi, ammo Sony'ning prodyuserlari unga koʻproq pop-qoʻshiqchi ampluasi toʻgʻri keladii deb hisoblashadi. Ammo, albom muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Qoʻshiqchining ikkinchi albomi - "Peligro" (Havf) ham boʻlajak yulduzni mashhur qilmaydi, sotuvlari hattoki dastlabki albomdan kam boʻladi. Yosh qoʻshiqchi bilan uchta albomga shartnoma imzolagan Sony Discos ovoz yozish kompaniyasi unga ohirgi shansni beradi, Shakira esa bunga javoban uning ishlariga aralashmaslikni talab qiladi. 1995-yili prodyuser Luis Fernando Ochoa qoʻli ostida chiqarilgan "Pies descalzos, suenos blancos" (Yalang oyoqlar, yuksak orzular) albomi Shakiraga ona yurtida hamda ikkala Amerika qit'asida shuhrat olib keladi. Albom pop-rok va lotin amerikalik ritmlarning aralashmasidan iborat boʻlib, 4 million nusha bilan tarqaladi. Muvaffaqiyatini u navbatdagi diski "Dónde Están Los Ladrones?" (Oʻgʻrilar qayda?)ni chiqarib mustahkamlaydi, hozirgacha bu albom uning butun ispan tilidagi karyerasidagi eng yaxshi ijodi deb hisoblanadi. Dunyoviy shuhratga Shakira 2001-yili Whenever, Wherever tufayli erishadi. Besh yil oʻtib esa, u Wycleaf Jean bilan birgalikda yozilgan Hips Don't Lie singli bilan birinchi marotaba Billboard Hot 100ning choʻqqisiga chiqadi.

Aktrisalik karyerasi

Shakira 1994-yili Kolumbiyada "El Oasis" televizion serialida Luisa-Mariya rolini ijro etadi.

Shaxsiy hayoti

2000-yili Shakira oʻsha paytda Argentina prezidentining oʻgʻli Fernando de lya Rua bilan uchrashishni boshladi. 2001-yil martida Antonio unga turmushga chiqishni taklif etadi. Juftlik 2007-yili toʻyini oʻtkazishni planlashtirgan. Shakira futbolchi Gerard Piquéga turmushga chiqdi. 2013-yilda Milan ismli oʻgʻli dunyoga keldi. 2015-yilda Sasha ismli oʻgʻli dunyoga keldi.

Hayriya faoliyati

1997-yili Shakira "Fundación Pies Descalzos" (Yalang oyoqlar fondi) hayriya tashkilotiga asos soladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yoʻnalishi Kolumbiya va Lotin Amerikasining boshqa davlatlarining kam ta'minlangan oilalardan boʻlgan bolalar uchun maktablarni sponsorlash. Yana Shakira ALAS (Artistas Latinos En Acción Solidaria) fondining ilhomlantiruvchisi boʻldi. Bu fondga 2006-yili asos solingan boʻlib, unga Alejandro Sans, Juanes, Miguel Bose va boshqalar a'zodirlar. Shakira shuningdek, UNICEFning eng yosh elchisidir.

Diskografiya

Studiyaviy albomlar

  • 1991: Magia
  • 1993: Peligro
  • 1995: Pies descalzos, suenos blancos
  • 1996: Version En Italiano
  • 1996: Pies Descalzos
  • 1998: Donde Estan Los Ladrones?
  • 2001: Laundry Service
  • 2002: Grandes Exitos
  • 2005: Fijación Oral Vol. 1
  • 2005: Oral Fixation Vol. 2
  • 2006: Oral Fixation Vol. 2 Re-Release

Konsert albomlari

  • 2000: MTV Unplugged
  • 2004: Live & Off the Record (En Vivo Y En Privado (Live And In Private))
  • 2007: Oral Fixation Tour: Live from Miami (reliz sanasi e'lon qilinmagan)

Termalar

  • 1997: The Remixes
  • 2002: Laundry Service: Washed & Dried
  • 2002: Grandes Éxitos (Greatest Hits)
  • 2006: Oral Fixation Volumes 1 & 2 (De-Luxe Edition)

Havolalar