Barrankilya
Jump to navigation
Jump to search
Barrankilya — Kolumbiyaning shim.- gʻarbidagi shahar, Atlantiko departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,35 mln. kishi (1985, shahar atrofi bilan). Magdalena daryosi boʻyidagi port, okean kemalari ham kira oladi. Mamlakatning savdo-sanoat markazi. Neftni qayta ishlash, kimyo, sement, poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va kemasozlik sanoati korxonalari mavjud. B. porti orqali chetga kofe, teri, neft mahsulotlari chiqariladi. Xalqaro aeroport, universitetlar bor. Shaharga 1629 y.da asos solingan.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
