Maxfurat Amanova
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Amanova Maxfurat Eshmuradovna | |
---|---|
Tavalludi |
25-oktyabr 1966-yil Samarqand viloyati |
Fuqaroligi |
Oʻzbekiston |
Kasbi |
Pedagog |
Taʼlimi |
Toshkent davlat agrar universiteti |
Ilmiy darajasi | Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari | "Shuhrat" medali sohibasi[1] |
Amanova Maxfurat Eshmuradovna (1966-yil 25-oktyabrda Samarqand viloyati Olti oʻgʻil qishloq soveti) oʻzbekistonlik seleksioner olima, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (2019 yil), professor (2023 yil).----
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amanova Maxfurat Eshmuradovna 1966-yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1990-yil Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1990-1991-yillarda -Toshkent qishloq xoʻjalik instituti izlanuvchi-tadqiqotchisi, 1991-1994-yillarda-Toshkent qishloq xoʻjalik instituti aspiranti, 1994-1996-yillarda-Oʻzbekiston Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti moyli ekinlar laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, 1996-2012 – yillarda-Oʻzbekiston Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti moyli ekinlar laboratoriyasi mudiri va sabzavot, poliz va kartoshkachilik boʻlimi boshligʻi, 2013-2014-yillarda-Oʻzbekiston Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari, direktor , 2014-2015-yillarda -Oʻzbekiston Oʻsimlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, 2015-2017-yillarda-Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi bogʻdorchilik, sabzaotchilik seleksiyasi, urugʻchiligi va agrotexnologiyalari soxalaridagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi boʻlim boshligʻi, 2017-2018 – yillarda-Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi bogʻdorchilik, sabzaotchilik seleksiyasi, urugʻchiligi va agrotexnologiyalari soxalaridagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi boʻlim bosh mutaxassisi, 2018-2020 – yillarda-Toshkent agrar universiteti sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik kafedrasi dotsenti, 2020-2021-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik kafedrasi mudiri va 2022 yildan shu kunga qadar – Toshkent davlat agrar universiteti sabzavotchilik va issiqxona xoʻjaligini tashkil etish kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amanova Maxfurat tomonidan 180 ga yaqin ilmiy ishlanmalar, shundan: sabzavot, moyli va noanʼanaviy ekinlarning 17 ta navlari yaratilgan (3 tasi intelliktual mulk agentligiga topshirilgan), 4 patent, 2 ta standart, 2 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta monografiya, 4 ta uslubiy qoʻllanmalar, 10 ta ishlab chiqarishga tavsiyanomalar, xorijiy jurnal va konferensiyalarda 30 dan ortiq maqolalar chop etilgan; 1 ta fan doktori (DSs), 3 ta q.x.f.f.d.(RhD) tayyorlangan. 4 ta tayanch doktorantga ilmiy raxbarlik qilinmoqda. Amanova Maxfurat Eshmuradovna 34 yillik ilmiy faoliyati davomida Xalqaro tashkilotlar ISRISAT, ISARDA, IFAR, KOICA, BIOVERSITY INTERNATIONAL, chet el KOPIA, RDA (janubiy Koreya) va USAID (AQSH) va VIR, VNIIMK (Rossiya) institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borgan va xalqaro ekspedetsiyalarga boshchilik qilgan. Oʻz faoliyati davomida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar yoʻnalishlardagi 14 ta loyihalarda – loyiha rahbari (8 ta) va asosiy ijrochi sifatida (6 ta) ilmiy izlanishlar olib borgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shuhrat medali „Mukofotlanishi“.
- ↑ „O‘zbekistonlik olima ayol yeryong‘oqning yangi “Lider” navini yaratdi“ (daryo.uz). 2024-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 18-mart.