Mavlono Muin
Qiyofa
Mavlono Muin (XV asr) – sherozlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Xurosonga kelganidan beri faqirlar orasida ekanini sirtdan sodda koʻrinsa-da, lekin tabiatan hazilga moyiligini taʼkidlaydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:
Shud dalqi muraqqaʼ garavi bodavu shodem,
K-oxir ba sari koʻi mugʻon joma nihodem.
(Mazmuni: Shayxlik kiyimlari mayga garov boʻldi, shodmiz, chunki oxirda mayxona koʻchasi boshida toʻn yechdik)[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |