Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Koshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Koshiy (XV–XVI asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad shahridan ekanligini aytib, quyida­gi matlaʼsini keltiradi:

Ey dil, ba gʻamash kay saru savdoi tu doram,

Parvoi xudam nest chi parvoi tu doram.

(Mazmuni: Ey dil, uning gʻami bilan boʻlib seni savdoga qoʻydim, oʻzim haqimda oʻylamaymanu, sening tashvishingni cheka olamanmi?)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.