Matla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Matla (arab. — chiqish oʻrni, asosi) — 1) aruzda yozilgan lirik sheʼr, asosan, gʻazallarning birinchi bayti. Bundagi har ikki misra oʻzaro qofiyadosh (a-a) boʻladi. Keyingi baytlarning ikkinchi misralari M.ga qofiyadosh boʻlib keladi (b-a, v-a, g-a, d-a va h.). Bordi-yu gʻazalning ikkinchi bayti ham uning M. baytiga toʻliq qofiyadosh qilib tuzilsa, u sanʼatkorlik hisoblanadi va bunday sanʼat "Zebi matla" (matlaning yarashigʻi, zebi) deb ataladi. Uning qofiyalanish tartibi quyidagicha: a-a, a-a, b-a, v-a va boshqa Husni matladagi bayt M.dagi fikrga har jihatdan hamohang boʻlishi talab qilinadi. Oʻzbek sheʼriyatida bu sanʼatni birinchi boʻlib Navoiy qoʻllagan; 2) musiqada kuy va ashulalarning boshlangich qismlari ifodasi, musiqa terminologiyasida daromad deb ham yuritiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil