Matvafo karvonboshi savdo uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matvafo Karvonboshi savdo uyi
Umumiy maʼlumot
Maqomi aktiv
Turi turar joy
Joylashuvi O'zbekiston ko'chasi
Shahar Urganch
Mamlakat Oʻzbekiston
Qurilishi tugagan 2013-yil (restavratsiya)
Balandligi
Balandligi 6.36 metr[1]
Texnik holati
Material pishgan g'isht
Qavatlar soni 1

Matvafo karvonboshi savdo uyi – Xorazm viloyati Urganch shahrida Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan. Savdo uyi Matvafo tomonidan qurilgan boʻlib u oʻz ichiga mehmonxona, Matvafo karvonboshining idorasi, oʻlchash va qabul qilish punktlaridan tashkil topgan.[2] Savdo uyi 1910-yilda qurilgan boʻlib, Yangi hayot mahallasi, Najmiddin Kubro koʻchasi 27-uyda joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2014-yil 5-dekabrdagi qaroriga muvofiq Matvafo Karvonboshi uyi garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin bo;l, agan obyektlar sirasiga kiritildi.[3]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matvafo karvonboshi xivalik boylardan biri boʻlib, savdogarchilik bilan shugʻullangan. Obyekt 1910-yildagi Xiva xonligi elchilarining Nikolay II bilan samarali uchrashuvidan soʻng barpo etilgan. Matvafo savdo uyi pishgan gʻishtdan qurilgan,. Bino 1987-yilda qayta taʼmirlandi. 2013-yilda qaytadan restavratsiya ishlari olib borildi va hozirgi kunda bank kolleji oʻquv binosi sifatida foydalanilmoqda.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://deshon-qala.uz/35.html
  2. https://uzheritage.org/uz/objects/14938
  3. „Tarixiy, baadiy yoki oʻzga madaniy qimmatligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrdagi 335-sonli qarori“. 2023-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktabr.
  4. https://uzheritage.org/uz/objects/14938