Matthias Ginter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matthias Ginter
Matthias Ginter 2019.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Matthias Lukas Ginter[1]
Tavallud sanasi 19-yanvar 1994-yil (1994-01-19) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Freiburg im Breisgau,[3] Germaniya
Boʻyi 1.91 m[3]
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SC Freiburg
Raqami 28
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2005 SV March
2005—2012 SC Freiburg

Matthias Lukas Ginter (talaffuzi: Mattias Lukas Ginter; 1994-yil 19-yanvarda Germaniyada tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Freiburg“ futbol klubi va Germaniya terma jamoasi futbolchisi. U markaziy himoyachi va yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthias Ginter 2014-yilning 5-martida Chiliga qarshi o‘yinning 88-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan. Shu tariqa Matthias Ginter Germaniya terma jamoasida oʻynagan 900-futbolchiga aylangan[4]. Shu bilan bir qatorda, 2014-yil may oyida Matthias Ginter Joachim Löw tomonidan Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionati tarkibiga kiritilgan[5]. U yerda futbolchi jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, jahon chempioni boʻlgan.

Shuningdek, 2016-yil 15-iyulda Matthias Ginter Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun Germaniya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan va musobaqaga ishtirok etish uchun tayyorgarliklarga jalb qilingan[6][7]. Matthias Ginter beshta o‘yinda ikkita gol urgan va terma jamoa bilan kumush medallarni qo‘lga kiritgan.

2017-yil 2-iyun kuni Matthias Ginter Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgan[8]. Turnirda u toʻrtta oʻyinda qatnashib, jamoaning oltin medallarni qoʻlga kiritishiga yordam bergan.

Matthias Ginter JCh-2018 oʻyinlari uchun asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan ammo birorta oʻyinda ham maydonga tushmagan[9]. Shu tariqa, Matthias Ginter Germaniya terma jamoasi tarixida ikkita jahon chempionati oʻyinlari tarkibiga kiritilgan, biroq birorta ham o‘yinda qatnashmagan yagona futbolchiga aylangan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
S. C. Friburgo 2011—2012 13 1 0 0 13 1
2012—2013 23 1 3 0 26 1
2013—2014 34 0 3 2 5 1 42 3
Borussia Dortmund II 2014—2015 2 0 2 0
Jami 2 0 0 0 0 0 2 0
Borussia Dortmund 2014—2015 14 0 1 0 5 0 20 0
2015—2016 24 3 5 0 11 1 40 4
2016—2017 29 0 5 0 8 0 42 0
Jami 67 3 11 0 24 1 102 4
Borussia Mönchengladbach 2017—2018 34 5 3 0 37 5
2018—2019 27 2 2 0 29 2
2019—2020 31 1 1 0 4 0 36 1
2020—2021 34 2 4 0 8 0 46 2
2021—2022 28 1 3 0 31 1
Jami 154 11 13 0 12 0 179 11
S. C. Friburgo 2022—2023 15 2 2 1 6 0 23 3
Jami 85 4 8 3 11 1 104 8
Umumiy faoliyatida 308 18 32 3 47 2 387 23

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  2. „Matthias Ginter: Overview“. ESPN. Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 „Matthias Ginter: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 27-yanvar 2021-yil.
  4. „Matthias Ginter der 900. Nationalspieler“. 21-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  5. „Löw streicht Mustafi, Schmelzer und Volland“. 15-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  6. „Гинтер, братья Бендеры и Гнабри вошли в состав сборной Германии на Олимпиаду“. 18-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyul 2016-yil.
  7. „Die Olympia-Kader stehen fest“. 29-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  8. „Das ist der deutsche Kader für den Confed Cup 2017“. 19-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  9. „Germany announce final World Cup squad, with Manuel Neuer, without Leroy Sané“. Deutsche Welle. 9-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyun 2018-yil.