Kontent qismiga oʻtish

Matryona Nogovitsina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Matryona Nogovitsynadan yoʻnaltirildi)
Matryona Nogovitsina
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Matryona Stepanovna Nogovitsina
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 6-noyabr 1991-yil (1991-11-06) (32 yosh)
Muguday, Churapchi ulusi, Yoqutiston
Sport
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qaysi sport shashka
Klubi Nijneye-Lenskoye
Murabbiy(lar)i Nikolay Kichkin (kichik) va Aleksandr Georgiyev

Matryona Stepanovna Nogovitsina (6-noyabr, 1991-yil, Muguday, Churapchi ulusi, Yoqutiston) — rossiyalik sportchi, shashkachi.

Matryona Nogovitsina 2021-yilgi jahon chempioni, 2018-yilgi Yevropa chempioni, eng yosh rossiyalik ayollar chempioni (2006-yil), ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati sovrindori (bronza, 2004-yil). 2010-yilgi xalqaro shashka boʻyicha jahon chempionatining bronza medali sovrindori[1], 2011-yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi. Qizlar oʻrtasida Yevropa va Rossiyaning koʻp karra chempioni[2]. Xalqaro shashka boʻyicha jahon kubogi chempioni (2010). Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (2004, 2008). Rossiya chempioni (2006, 2010, 2015, 2020), shashka boʻyicha Rossiya xalqaro chempionatining kumush medali sovrindori (2009). Shashkada tez oʻyin boʻyicha Jahon chempionatining bronza medali sovrindori (2007). Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni (2008, 2009), xalqaro va rus shashkasi boʻyicha Yevropa (2001, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2010) va Rossiya (2000, 2002, 2003, 2004, 2007, 2005 va 2 ta xalqaro) chempioni. Rossiya klub chempionatlarining bir necha bor chempioni va sovrindori. 2021-yilda shashka boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritiv, jahon chempioniga aylanadi. Bu uning birinchi jahon chempioni unvonidir.

Xalqaro grossmeyster, Rossiya grossmeysteri.

2007-yildan ShVSM RS(Y) va Nijneye-Lenskoye shashka klubida oʻynaydi.

Murabbiylari Nikolay Nikolayevich Kichkin (kichik) va Aleksandr Sergeyevich Georgiyev.

Taʼlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yildan shashka bilan shugʻullanadi. Churapcha respublika sport maktab-internatining oʻquvchisi (murabbiylari Kichkin N. N. (kichik), Birdinnirova M. N., Kichkin N. N.). Churapcha respublika sport maktab-internatini oltin medal bilan tamomlagan. 2008-yildan Sankt-Peterburg davlat moliya-iqtisod universiteti talabasi.

Jahon va Yevropa chempionatlaridagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Shakli Oʻtkazilgan joy Turnir/match Natija Oʻrin
2006 Yevropa chempionati Slovakiya Bovec Turnir +2 =6 −1 10
2007 Jahon chempionati Rossiya Yakutsk Turnir +4 =9 −2 8
2008 Yevropa chempionati Estoniya Tallin Turnir +4 =4 −1 3
2010 Yevropa chempionati Polsha Sępólno Krajeńskie Turnir +3 =5 −1 4
2010 Jahon chempionati Rossiya Ufa Turnir +0 =9 −1 3
2011 Jahon chempionati Ukraina Rovno Turnir +6 =7 −0 2
2012 Yevropa chempionati Niderlandiya Emmen Turnir +1 =8 −0 14
2013 Jahon chempionati Moʻgʻuliston Ulan-Bator Turnir +4 =9 −2 7
2014 Yevropa chempionati Estoniya Tallin Turnir +3 =5 −1 10
2015 Jahon chempionati Xitoy Uxan Turnir +4 =9 −2 7
2016 Yevropa chempionati Turkiya Izmir Turnir +3 =6 −0 3
2018 Yevropa chempionati[3] Rossiya Moskva Turnir +3 =6 −0 1
2019 Jahon chempionati Rossiya Yakutsk Turnir +6 =7 −2 4
2021 Jahon chempionati Estoniya Tallin Turnir +9 =6 −0 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ноговицына — третья на чемпионате мира по шашкам“ (ru). Championat.ru (2010-yil 28-oktyabr). 2010-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-mart.
  2. Юрий Черток. „Международные шашки“. Спорт-Экспресс (2009-yil 24-aprel). 2017-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-mart.
  3. „X European Women's Championship“. 2019-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]