Mathias Abel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mathias Abel
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-iyun 1981-yil (1981-06-22) (42 yosh)
Tavallud joyi Kaiserslautern, Germaniya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1990—1998 1. FC Kaiserslautern
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2000 Eintracht Bad Kreuznach
2000—2001 Borussia Dortmund II 12 (0)
2002—2005 Mainz 05 65 (4)
2005—2008 Schalke 04 1 (0)
2005—2006Mainz 05 (ijara) 20 (0)
2007Hamburger SV (ijara) 7 (0)
2008—2010 1. FC Kaiserslautern II 20 (2)
2008—2013 1. FC Kaiserslautern 48 (2)
Milliy terma jamoa
2003 Germaniya U21 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mathias Abel (talaffuzi: Matias Abel; 22-iyun 1981-yilda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abel Rhineland-Palatinatening Kaiserslautern shahrida tugʻilgan. „Eintracht“ da futbolchilik faoliyatini boshlagan. „Borussia Dortmund“ning oʻrinbosarlari bilan mashgʻulotlar oʻtagan. Keyin 2002-yilda 1. FSV Mainz 05 safiga qoʻshildi va ikkinchi yili 18 ta oʻyinda ishtirok etdi. Oʻsha mavsumda klub ikkinchi diviziondan chiqdi.

Abel Bundesligadagi debyutini 2004-yilning 14-avgustida oʻz uyida „Gamburger SV“ ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. Mavsum davomida uchta gol urdi, jamoa Bundesligada qoldi.

2006-yildan boshlab, Abel bir nechta klublarda oʻynadi: „Schalke 04“ uni Hamburgga besh oyga ijaraga berdi. 1. FC Kaiserslauternda, ikki yil davomida deyarli faqat klubning farm-klubi — B jamoasida ishtirok etdi. Bunga asosiy sabab, ketma-ket 2 marta oyogʻidagi jarohatlar edi (2004-yil boshida Abel „Mainz“da olti oyga safdan chiqqanida ham xuddi shunday jarohat olgan edi)[1][2].

Abelning „Kaiserslautern“ ning asosiy jamoasi safida ilk bor ishtiroki 2010-yil 26-oktyabrda Germaniya kubogi oʻyinlari bahsida Arminiya Bielefeldga qarshi oʻyinda boʻldi. Jamoa oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozondi, Abel zaxiradan maydonga tushib, debyut qildi. Toʻrt kundan soʻng Borussia Mönchengladbachga qarshi liga bahsda toʻliq 90 daqiqa oʻynashga muvaffaq boʻldi.

2013-yil fevral oyida Abel Xitoyning Birinchi Liga jamoasi Beijing Baxy FC bilan bogʻlandi, ammo hech narsa kelishilmadi. Lautern bilan shartnomasi yozda tugaganidan soʻng, u S.Liganing Bruney DPMM FC bilan test sinovlaridan oʻtdi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Abel unable to play for Schalke“. UEFA.com (13-sentabr 2007-yil). 25-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2010-yil.
  2. Urban, Alois. „Schalke out to make amends“. UEFA.com (17-sentabr 2007-yil). 26-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-dekabr 2010-yil.
  3. „Brunei DPMM FC to trial a global list of stars“. Goal.com (22-noyabr 2013-yil). 29-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2013-yil.