Kontent qismiga oʻtish

Massachusetts universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Massachusetts universiteti

Massachusets universiteti logotipi
Asos solingan 1863-yil (Amherstdagi binosi)
Oʻquv yurti turi Universitet
Prezident Marty Meehan
Talabalari 74,000 (2019-yil)[1]
Kampusi UMass Amherst
UMass Boston
UMass Dartmouth
UMass Lowell
UMass Chan Tibbiyot maktabi
UMass huquq maktabi
Manzili Massachusets, AQSh
Vebsayti www.massachusetts.edu

Massachusetts universiteti — 1863-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari Massachusetts shtatida joylashgan davlat universiteti. Universitet umumiy hisobda 5 ta asosiy kampuslarga ega[2]. Universitet quidagi beshta kampusni oʻz ichiga oladi(Amherst, Boston, Dartmut, Louell, Vussterdagi tibbiyot maktabi va Dartmutdagi huquq maktabi) shuningdek yana Kaliforniya va Vashingtondagi 25 ta kampuslarni ham oʻz ichiga oladi[3][4]. Massachusets universiteti prezident tomonidan hamda 22 ta aʼzodan iborat Vasiylar kengashi tomonidan boshqariladi[5], xozirda universitet prezidenti Marty Meehan hisoblanadi[6]. Universitet taʼlim tizimi maʼmuriyati Boston va Shrewsburyda joylashgan[7], Yangi Angliya maktablar va kollejlar uyushmasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan va uning kampuslarida 73,979 talaba tahsil oladi[4].

Kampuslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Massachusetts Amherst universiteti UMass tizimidagi eng katta universitetdir. Bu kampus 1863-yil Massachusets qishloq xoʻjaligi kolleji sifatida birinchi bor tashkil etilgan. UMass Chan tibbiyot maktabi 1962-yilda Vussterda tashkil etilgan. Massachusetts Boston universiteti esa 1964-yilda tashkil qilinib, keyinroq 1982-yilda Boston shtat kolleji bilan birlashtirilgan. 1991-yilda yana ikkita kampus yaʼni Massachusets Louell universiteti va Massachusets Dartmouth universiteti sifatida UMass tizimga qoʻshilgan.

Massachusetts Amherst universiteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

UMass Amherst universitetining havodan koʻrinishi(2006)

Amherst universiteti UMass tizimidagi kampuslarining birinchi tashkil etilgani hamda eng katta kampus hisoblanadi. Bu kampus Amherstdagi Massachusetts qishloq xoʻjaligi kolleji (dastlab shunday nomlangan) 1863-yilda tashkil etilgan. 1931-yilda „Massachusetts shtat kolleji“ga, 1947-yilda esa „Massachusets universiteti“ga aylandi. Universitetga turli xil belgilangan darajadagi talabalar hamda professorlar qabul qiladi. Amherstda 1300 dan ortiq kunduzgi taʼlimda faoliyat koʻsatadigan oʻqituvchilar mavjud. Professor-oʻqituvchilarning 92 foizi oʻz yoʻnalishlari boʻyicha eng yuqori darajaga ega. 2018-yilgi kirish imtihonlari uchun oʻrtacha SAT balli 1296, oʻrtacha GPA esa 4,0 shkalasi boʻyicha 3,90 ni tashkil qilgan. Kampusda 21 969 ta bakalavriatda tahsil oladigan talabalar bor va 109 ta bakalavriat dasturlari mavjud boʻlgan. Talaba-oʻqituvchilar nisbati 18:1 ga teng va guruhlarning 81 foizida 40 dan kam talaba boʻlgan[8].

Massachusetts Boston universiteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

UMass Boston kampusining Quincydan koʻrinishi

Massachusetts Boston universiteti — UMass tizimidagi tadqiqot universiteti hisoblangan[9]. UMass Boston kampusining rektori Marselo Suares-Orozko hisoblangan. Ushbu kampus Boston shahrida hamda Kolumbiya-Point yarim orolidagi Boston bandorgohida joylashgan, John F. Kennedy kutubxonasi va Massachusetts shtati arxivi binolari kampus atrofida joylashgan.

UMass Boston universitetida 12 000 dan ortiq bakalavr va 4 000 ga yaqin aspirantlar tahsil olib kelgan, bu statistika bilan bu kampus UMass tizimidagi eng katta kampuslar ichida 3-oʻrinda turgan[10]. Universitetda 100 dan ortiq bakalavriat va 50 ta magistratura dasturlari mavjud boʻlgan hamda beshta bakalavriat kolleji va ikkita magistratura kolleji mavjud boʻlgan. Kunduzgi taʼlimda mavjud fakultetlarning 93 foizi oʻz sohalarida eng yuqori darajaga ega boʻlgan[11].

Massachusetts Global universiteti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil sentyabr oyida Brandman universiteti nazorat shartnomasini oʻzgartirish orqali Chapman universiteti rahbariyati Massachusets universiteti bilan qayta aloqaga chiqgan va UMass Global nomini olgan[12].

Moliya boʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

UMass tizimi uchun 2014-moliya hisobotlaridagi yillik operatsion byudjeti 2,94 milliard dollarni tashkil etgan, bu joriy yil xarajatlariga nisbatan 2,6 foizga oshgan[13]. Massachusetts universitetining bir qancha xodimlari Massachusets shtatidagi eng yuqori maoshli davlat xizmatchilari qatoriga kirgan[14][15][16].

Universitet prezidenti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Prezident universitetning bosh ijrochi direktori hisoblangan. Marty Mihan 2015-yil 1-iyulda beshta kampusli, 73 000 talabaga ega boʻlgan Massachusets universitetining 27-prezidenti boʻlgan.

1962-yilda tibbiyot maktabi tashkil etilishidan oldin prezident Amherstdagi kampus maʼmuri boʻlgan. UMass Boston kampusi 1964-yilda tashkil etilganida, kanslerlarni universitet prezidentiga hisobot topshirishda rahbarlik qilgan. 1970-yilda qayta tashkil etish doirasida UMass Amherstning kundalik rahbarlik vazifalari kanslerga oʻtkazilgan, ikkala kansler ham prezidentga bir vaqtda hisobot berishgan. Bugungi kunda prezident beshta kampusni ham oʻzi boshqaradi.

Prezident Faoliyat yillari[17]
Henry French 1864 — 1866-yillari
Paul Chadbourne 1866 — 1867 va 1882 — 1883
William Clark 1867 — 1879
Charles Flint 1879 — 1880
Levi Stockbridge 1876 va 1880 — 1882
James Greenough 1883 — 1886
Henry Goodell 1883 va 1886 — 1905
William Brooks 1905 — 1906
Kenyon Butterfield 1906 — 1924
Edward Lewis 1924 — 1927
Roscoe Thatcher 1927 — 1932
Hugh Baker 1933 — 1947
Ralph Van Meter 1947 — 1954
Jean Paul Mather 1954 — 1960
John Lederle 1960 — 1970
Robert Wood 1970 — 1977
Franklin Patterson 1978 (vaqtinchalik)
David Knapp 1978 — 1990
Joseph Duffey 1990 — 1991
Elbert Fretwell 1991 — 1992 (vaqtinchalik)
Michael Hooker 1992 — 1995
Sherry Penney 1995 — 1996 (vaqtinchalik)
William Bulger 1996 — 2003
Jack Wilson 2003 — 2011
Robert Caret 2011 —2015
Marty Meehan 2015 — hozirgacha

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Quick Facts“. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
  2. „UMass Foundation Endowment“. UMass Foundation (2022-yil 20-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  3. „UMass Opens Springfield Center Campus Office“. WAMC/Northeast Public Radio (2014-yil 31-mart). 2015-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  4. 4,0 4,1 „UMass' Springfield center holds opening ceremony“. boston.com. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-aprel.
  5. „Board of Trustees - University of Massachusetts“. University of Massachusetts. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
  6. „President - University of Massachusetts“. University of Massachusetts. Qaraldi: 2023-yil 15-may.
  7. „About - University of Massachusetts Office of the President“. 2016-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  8. „UMass.edu“. Umass.edu. 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-aprel.
  9. „Carnegie Classification“. Carnegie Foundation for the Advancement of Teaching. Qaraldi: 2010-yil 18-iyul.
  10. „About – Quick Facts | University of Massachusetts“.
  11. „UMass Boston“. University of Massachusetts. 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-dekabr.
  12. Lederman, Doug. „Brandman University, adult-serving online institution, to become UMass Global“. Inside Higher Education (2021-yil 3-sentyabr). 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  13. „UMass System Fiscal Year 2014 Operating Budget“. University of Massachusetts. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  14. „UMass staffers top list of highest paid employees in Massachusetts (BBJ DataCenter)“. Boston Business Journal. 2014-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  15. „UMass tops the charts of highest paid state employees“. The Massachusetts Daily Collegian. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  16. „More than 1,000 state employees get pay hiked over 2000,000“. Boston Herald. 2014-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-aprel.
  17. Massachusetts.edu (Wayback Machine saytida April 19, 2014, sanasida arxivlangan), Retrieved January 11, 2009.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]