Mashhur Jusip masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Mashhur Jusip masjidi
Máshúr Júsip meshiti/Мәшһүр Жүсіп мешіті
Mamlakat  Qozogʻiston
Shahar Pavlodar
Koordinatalar 52°17′11″N 76°57′44″E / 52.286504°N 76.962168°E / 52.286504; 76.962168 G OKoordinatalari: 52°17′11″N 76°57′44″E / 52.286504°N 76.962168°E / 52.286504; 76.962168 G O
Yoʻnalishi Hanafiy
Binokorlik ???—2001
Umumiy maydoni 7,240 m2
Oʻlchami 1500
Minoralar balandligi 63 m
Qurilish materiallari gʻisht, metall

Mashhur Jusip masjidi (qozoqcha: Máshhúr Júsip meshiti/Мәшһүр Жүсіп мешіті; ruscha: Мечеть имени Машхура Жусупа) Pavlodar markazidagi 6 gektarlik maydonda joylashgan boʻlib, Qozogʻistondagi eng yirik masjidlardan biri hisoblanadi. U 2001-yilda bir yil davomida qurilgan va oʻzida 1500 namozxonni sigʻdira oladi. Masjid qozoq shoiri va tarixchisi Mashxur Jusip (1858–1931) nomi bilan atalgan.

Umumiy koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid qurilishi „AlmatyGiproGor“ institutiga topshirilgan boʻlib, ishni „IrtishTransStroy“ kompaniyasi amalga oshirgan.

Binoning poydevori sakkiz burchakli yulduz shaklida qurilgan, diametri 48 metrga teng. Masjid minoralarining balandligi 63 metr boʻlib, mazkur ramziy balandlik qiymati Islom elchisi Muhammadning yoshiga toʻgʻri keladi. Balandligi 54 m boʻlgan asosiy moviy gumbaz oʻtov tepasida boʻladigan aylana teshik shayroq shakliga asoslangan.

1200 kishi sigʻadigan erkaklar namozxonasining balandligi 33 metr, diametri esa 30 metrni tashkil qiladi. Masjidning umumiy maydoni 7240 m2 ni tashkil etadi. Bino ikki qavatli qilib bunyod etilgan. Binoning asosi gʻishtdan, gumbazlari esa metalldan qurilgan[1][2].

Masjidning ichki qismini bezab turgan „Zumrad“ billur qandil jami 434 ta chiroqdan iborat boʻlib, Toshkent shahrida ishlab chiqarilgan. Masjid arxitekturasi ochiq yurakka oʻxshatib yaratilgan boʻlib, bu bino ezgulik va butun dunyo uchun ochiqlik ramzi boʻlgan[1].

Masjidning birinchi qavatida madrasaning oʻquv xonalari, 300 oʻrinli ayollar namozxonasi, toʻyxona, bir nechta yordamchi xonalari boʻlgan 300 oʻrinli oshxona, tahorat xonasi va kiyim shkaflari oʻrnatilgan joy mavjud. Koʻchma devorlarni olib tashlash orqali toʻy zali va oshxonani ham birlashtirish mumkin. Birinchi qavatda 1200 oʻrinli erkaklar namozxonasi, musulmon madaniyati muzeyi, kutubxona, proyeksiya xonasi va ofislar joylashgan. Binoning asosiy kirish eshigi orqali birinchi qavatga chiqish imkoniyati mavjud[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Сайт акимата Павлодарской области. „Достопримечательности“ (ru). 2009-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-may.
  2. 2,0 2,1 Ертic. „ЦЕНТРАЛЬНАЯ МЕЧЕТЬ ИМЕНИ МАШХУР-ЖУСУПА“ (ru). 2015-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-may.