Maryam Ixtiyorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maryam Ixtiyorova
Tavalludi 21-aprel 1939-yil
Vafoti 22-mart 2022-yil(2022-03-22)
(82 yoshda)
Toshkent Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1959 — 2022
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Maryam Ixtiyorova (1939-yil 21-aprel, Xorazm viloyati, 2022-yil 22-mart, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1959-yildan Muqimiy teatrining aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Muhabbat ("Ikki bilaguzuk"), Nursuluv ("Jon qizlar"), Karomat ("Toshbolta oshiq"), Halima ("Halima"), Obidaxon ("Muqimiy"), Xolisxon ("Xolisxon"), Mengli ("Mahtum-quli"), Jumagul ("Qoraqalpoq qizi"), Xonuma ("Xonuma xonim"), Rayhona ("Toʻydan oldin tomosha"), Qutlugʻni-gor ("Har kimki jafo qilsa"), Omina ("Ibrohim Alayhussalom tavalludlari"), Zubayra ("Kuyovlar konkursi"), Qaynona ("Super qaynona") va b. "Koʻngil koʻchalari" videofilmidagi Gulsanam roli bilan yanada elga tanildi. I. lirik va harakter-1 li rollar ustasi, hajviy rollarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Samimiyat, hayotiy talqin, sahna harakatlarining aniqligi I. ijodiga xos.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil