Martin Kariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Martin Kariya
Kariya Peoria Rivermen klubida 2007-yil
Tugʻilgan joyi 5-oktyabr 1981-yil (1981-10-05) (42 yosh)
Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada
Boʻyi 5 ft 9 in (175 cm)
Ogʻirligi 175 lb (79 kg; 12 st 7 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NLA
Sobiq jamoalar
HC Ambri-Piotta
SCL Tigers
AHL
Portland Pirates
Bridgeport Sound Tigers
Peoria Rivermen
SM-l
Espoo Blues
KHL
Dinamo Riga
Milliy jamoa  Kanada
Jamoalardagi faoliyat 2003—2012

Martin Tetsuya Kariya (talaffuzi: Martin Tetsuya Kariya) (1981-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Martin Kariya sobiq NHL oʻyinchilari Paul Kariya va Steve Kariyaning eng kichik ukasidir.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havaskor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Martin Kariya 1999-yildan 2003-yilgacha Maine universiteti xokkey jamoasi safida faoliyat olib bordi. Maine universitetidagi toʻrt yillik faoliyati davomida Martin Kariya jamoa safida Frozen Four musobaqasida 2 marta maydonga tushdi. Martin Kariya Len Ceglarski sport ustaligi mukofotiga sazovor boʻldi[1].

Professional[tahrir | manbasini tahrirlash]

Martin Kariyaning kollejdagi ajoyib xokkey karyerasi AHL vakili „Portland Pirates“ xokkey klubining eʼtiborini tortdi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2002— 2003-yilgi pley-off mavsumida 'Portland Pirates" xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2003-yil 22-iyulda Martin Kariya 2003— 2004-yilgi mavsum uchun „New York Islanders“ xokkey klubining filiali „Bridgeport Sound Tigers“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzdi.

2004-yilgi NHL lokauti Martin Kariya Yaponiyaga, Osiyo xokkey ligasi vakili „Nikko IceBucks“ xokkey klubi safida oʻynash uchun joʻnab ketdi. Keyinchalik Martin Kariya Norvegiyaning Fredrikstad shahrida „Stjernen HC“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2006— 2007-yilgi mavsumda Finlandiya SM-ligasi vakili „Espoo Blues“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Martin Kariya Finlandiya ligasida 51 o‘yinda maydonga tushib, 61 ochko jamg‘ardi. Bu natija bilan Martin Kariya liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Yevropadagi katta muvaffaqiyatidan soʻng, Martin Kariya oʻzining birinchi NHL shartnomasini „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan 2007-yilning 1-iyunida imzoladi[2]. Shundan soʻng, Martin Kariya 2007-yil 1-oktyabrda klubning filiali „Peoria Rivermen“ xokkey jamoasi safiga yuborildi[3].

2009-yil 15-iyulda Martin Kariya KHL vakili "Dinamo Riga" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. 2009— 2010-yilgi mavsumda Martin Kariya klub safida 38 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ochko toʻpladi[5].

2010-yil 3-mayda Martin Kariya NLAga qaytib, „HC Ambri-Piotta“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[6].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2002— 2003 HE Len Ceglarski sport ustaligi mukofoti
  • 2006— 2007 SM-Liiga Veli-Pekka Ketola kubogi

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
1997— 1998 Victoria Salsa BCHL 55 7 9 16 6
1998— 1999 Victoria Salsa BCHL 59 25 80 105 14 8 1 8 9 4
1999— 2000 University of Maine HE 35 8 17 25 6
2000— 2001 University of Maine HE 39 12 24 36 10
2001— 2002 University of Maine HE 43 16 28 44 14
2002— 2003 University of Maine HE 39 14 36 50 6
2002— 2003 Portland Pirates AHL 3 0 0 0 0
2003— 2004 Bridgeport Sound Tigers AHL 70 8 17 25 16 7 0 1 1 2
2004— 2005 Nikkō Ice Bucks ALH 15 6 12 18 20
2005— 2006 Stjernen Fredrikstad NOR 39 15 37 52 49 11 3 10 13 8
2006— 2007 Blues SM-l 51 18 43 61 58 9 0 5 5 4
2007— 2008 Peoria Rivermen AHL 71 16 37 53 29
2008— 2009 SCL Tigers NLA 50 15 43 58 22
2009— 2010 Dinamo Riga KHL 38 4 18 22 16 9 3 2 5 2
2010— 2011 HC Ambrì-Piotta NLA 38 5 21 26 8
2011— 2012 HC Ambrì-Piotta NLA 14 5 7 12 2
AHL jami 141 24 54 78 45 10 0 1 1 2
KHL jami 38 4 18 22 16 9 3 2 5 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Maine announces All-Decade Team“. University of Maine (2010-yil 6-mart). 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-mart.
  2. „Blues sign five prospects“. St. Louis Blues (2007-yil 1-iyun). Qaraldi: 2010-yil 30-mart.
  3. „Blues reduce roster to 26 players“. St. Louis Blues (2007-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 30-mart.
  4. „Martin Kariya takes his show to Riga“. Hockeysverige (2009-yil 15-iyul). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-mart.
  5. „Catching up with Martin Kariya“. Baltic Reports (2009-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 30-mart.
  6. „HCAP recruits foreigners Karyia and Lehoux“ (Italian). HC Ambri-Piotta (2010-yil 3-may). 2010-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Martin Kariya faoliyat statistikasi Internet Hockey Database saytida
Oʻtmishdoshi:
Jon DiSalvatore
Len Ceglarski sport ustaligi mukofoti
2002-2003
Vorisi:
Steve Saviano
Oʻtmishdoshi:
Tony Salmelainen
Veli-Pekka Ketola kubogi g'olibi
2006-2007
Vorisi:
Janne Pesonen