Martin Eden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Martin Eden
Asl nomi Martin Eden
Muallif Jack London
Janr roman
Til inglizcha
Tarjimon Qodir Mirmuhamedov
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti
Nashr etilgan sanasi 1909
Sahifalar soni 432
Ed1909-MartinEden.jpg

„Martin Eden“ (talaffuzi: Martin Iden) (inglizcha: Martin Eden) — amerikalik yozuvchi Jack London qalamiga mansub roman. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1909-yil „Macmillan“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Ilk bor 1908-yilning sentabridan 1909-yilning sentabrigacha „The Pacific Monthly“ jurnalida chop etilgan.

„Martin Eden“ Londonning oʻzbek kitobxonlari orasida eng yaxshi tanilgan asarlaridan biridir. Romanni oʻzbek tiliga Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1986-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Romanda yozuvchi boʻlish ishtiyoqida yurgan yosh kishi haqida soʻz yuritiladi. London romanda oʻz hayotini aks ettirgan. Ammo Londondan farqli oʻlaroq, asar qahramoni Eden sotsializmga qarshi chiqadi. Roman qahramoni ogʻir mehnat qilib, shuhrat qozonadi. Ammo oʻzi ideallashtirgan tuzumdan hafsalasi pir boʻlib, umidsizlikka tushadi hamda oʻz joniga qasd qiladi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Martin Eden (talaffuzi: Martin Iden) – bosh qahramon; sobiq dengizchi
  • Ruth Morse (talaffuzi: Rus Morz) – talaba, badavlat oila farzandi
  • Lizzie Connolly (talaffuzi: Lizzi Konnoli) – fabrika ishchisi
  • Joe Dawson (talaffuzi: Jo Douson) – Edenning boshchisi
  • Russ Brissenden (talaffuzi: Ras Brissenden) – kasal yozuvchi

Oʻzbekcha tarjima[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga 1961-yil Moskva shahrida „Ogonyek“ nashriyotida chop etilgan nashrga asoslanib Qodir Mirmuhamedov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1968-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Osimov – muharrir, A. Kiriakidi – rassom, I. Siganov – rasmlar muharriri, A. Boboxonov – texnik muharrir, Sh. Sobirova – musahhih. Kitob adadi – 25 000 nusxa.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]