Qodir Mirmuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qodir Mirqosimovich Mirmuhamedov (1920.10.12, Toshkent) — tarjimon va kinossenariychi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1981). 2jaxrn urushi qatnashchisi. Toshkentdagi kechki pedagogika institutini tugatgan (1950). Oʻzbekiston radioqoʻmitasida katta muharrir (1956—58). Oʻzbekiston televideniyesi adabiyot taxririyatida bosh muharrir (1958—59). Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda tarjima boʻlimi boshligʻi (1959—61), "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida ssenariy boʻlimida muharrir, dublyaj guruhida bosh muharrir va badiiy rahbar (1961—89). M. tarjimonlik faoliyatini 1951 yilda bolalar uchun ertak va hikoyalar tarjima qilishdan boshlagan. Birinchi yirik tarjimasi indonez yozuvchisi Abdul Muisning "Surapati" (1958) romanidir. Shundan keyin u jahonga tanikli yozuvchilar Jek Londonning "Martin Idei" (1968), Rabindranat Tagorning "Xonadon va jahon", "Soʻnggi doston" (1973). Maksim Gorkiyning "Klim Samginning hayoti" (2, 3qism, 1974— 75), Krishan Chandarning "Bir qizga ming oshiq" (1976), J. Bokkachchoning "Dekameron" (1978—79), Viktor Gyu-goning "Byug Jargal" (1982), M. Bulgakovning "Us t a va Margarita" (1987), Gomerning "Iliada" (1988) asarlarini rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. M. bulardan tashqari, chet el yozuvchilarining qator dramalarini, koʻplab, badiiy filmlarni ham oʻzbek tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil