Marmaray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koordinatalari: 41°01′09″N 028°59′48″E / 41.01917°N 28.99667°E / 41.01917; 28.99667 G O

Istanbul temir yoʻli, koʻk chiziq bilan Marmaray ajratilgan.
Tunnel qurilishi. May 2012

Marmaray (Marmar + tur. ray„rels“ soʻzlaridan) Turkiyaning Istanbul shahridagi temir yoʻl transporti loyihasidir. U Bosfor boʻgʻozi ostidan oʻtgan temir yoʻl tunneli qurilishi va Yevropa tomondagi Halkalıdan Marmar dengizi boʻylab Osiyo tomondagi Gebzegacha yotqizilgan mavjud shahar temir yoʻlini zamonaviylashtirishdan iborat. Loyihaga shuningdek yangi temir yoʻl transport sostavlari xarid qilish ham kiradi.[1] Qurilish 2004-yili boshlanib, 2009-yil aprelida yakunlanishi rejalashtirilgan edi.[1] Qurilish davomida qazib olingan bir necha arxeologik topilmalar tufayli bu muddat surildi va tunnel 2013-yil 29-oktabrida ochildi.[2][3]

Tafsilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marmaray texnik xarakteristikasi quyidagicha:[4]

  • Umumiy uzunligi: 76,3 km
  • Tunnel uzunligi: 13,6 km
  • Suv osti qismi: 1387 m
  • Eng chuqur nuqtasi: 60,46 m
  • Minimum qiyalik radiusi: 300 m
  • Maksimum gradienti: %1,8
  • Yerusti bekatlari soni: 37
  • Yerosti bekatlari soni: 3
  • Boshqa yoʻlga oʻtish bekatlari soni: 4
  • Minimum platforma uzunligi: 225 m
  • Bekatlararo oʻrtacha masofa: 1,9 km
  • Maksimum tezlik: 100 km/soat
  • Tijoriy tezlik: 45 km/soat
  • Yoʻlovchilar: 75 ming kishi/soat
  • Yoʻlovchi vagonlar soni: 440

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Rails under the Bosporus (Wayback Machine saytida 2010-09-22 sanasida arxivlangan), Railway Gazette International 2009-02-23
  2. „Marmaray tunnel opens to link Europe with Asia“. Railway Gazette International (29-oktabr 2013-yil). 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-oktyabr.
  3. „TCDD launches Eskisehir – Konya high speed service“. Railway Gazette International (28-mart 2013-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-oktabr 2013-yil.
  4. „Başbakan Erdoğan Marmaray'da test sürüşü yaptı“ (Turkish) (4-avgust 2013-yil). Qaraldi: 6-avgust 2013-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]