Marlon Broomes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marlon Broomes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marlon Charles Broomes
Tavallud sanasi 28-noyabr 1977-yil (1977-11-28) (46 yosh)
Tavallud joyi Birmingham, Angliya
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1994 Blackburn Rovers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—2001 Blackburn Rovers 31 (1)
1997Swindon Town (Ijara) 12 (1)
2000Queens Park Rangers (Ijara) 5 (0)
2001Grimsby Town (Ijara) 15 (0)
2001—2002 Sheffield Wednesday 19 (0)
2002—2005 Preston North End 69 (0)
2005—2008 Stoke City 37 (2)
2008—2009 Blackpool 1 (0)
2009Crewe Alexandra (Ijara) 8 (0)
2009Crewe Alexandra (Ijara) 11 (0)
Milliy terma jamoa
1997 Angliya U20 2 (0)
1997 Angliya U21 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marlon Charles Broomes (talaffuzi: Marlon Charlez Brumes) (1977-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik sobiq professional futbolchi, u faoliyati davomida asosan, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

U himoyachi sifatida ham oʻynagan garchi u chap qanot himoyasida ham oʻynashi mumkin edi. U oʻz faoliyatini 1994-yilda Angliya Premyer-ligasining „Blackburn Rovers“ klubida boshlagan, u 1994\1995-yilgi mavsumda chempionlikni qoʻlga kiritgan jamoaning bir qismi boʻlgan, ammo butun mavsumda oʻyin oʻtkazmagan. Rovers bilan birga u Swindon Town, Queens Park Rangers va Grimsby Town kabi klublarda ijara asosida futbol oʻynagan. 2001-yil sentyabrida u Grimsbining Liga kubogi uchinchi bosqichida "Liverpool" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabasida tenglik golini urdi. Keyinchalik u Preston North End, Stok City, Blackpool, Crewe Alexandra va Tranmere Roversga oʻtishdan oldin Sheffield Wednesday jamoasiga doimiy ravishda qoʻshildi. U 2010\2011-yilgi mavsum oxirida professional oʻyinni tark etdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blackburn Rovers[tahrir | manbasini tahrirlash]

Broomes faoliyatini Blackburn Roversda stajyor sifatida boshlagan. U 1994-yil 1-avgustda Roversning oʻsha paytdagi menejeri Kenneth Dalglish tomonidan imzolangan edi, lekin dastlab u Ewood Parkda kuchli asosiy jamoaga kira olmadi. 1997-yil 22-yanvarda u „Suindon Town“ ga ijaraga berildi, u yerda oʻn ikki oʻyinda maydonga tushdi va ikki oylik ijarada „Birmingham City“ga qarshi gol urdi[1].

1997\1998-yilgi mavsumda Roversning yangi bosh murabbiyi Roy Hodgson himoyachiga asosiy jamoada beshta oʻyin oʻtkazdi. Keyingi ikki yil ichida u yigirma oltita oʻyin oʻtkazdi. 2000\2001-yilgi mavsumda u yana ijaraga berildi, bu safar 2000-yil oktyabr oyida „Queenʼs Park Rangers“ga ijaraga berildi va u yerda bir oylik ijara muddatida beshta oʻyinda maydonga tushdi. Yangi bosh murabbiy Graeme Souness qoʻl ostida 2001-yil 7-sentyabrda u „Grimsby Town“ga uch oyga ijaraga berildi[2], u yerda oʻn sakkiz marta oʻynadi va Liga kubogida "Liverpool" ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[3]. U Grimsby uchun oʻzining birinchi golini avvalgi turda „Sheffield United“ga qarshi oʻyinda kiritgan edi[4]. Keyin u Blackburnga qaytdi va 2001\2002-yilgi mavsumda Premer-ligaga koʻtarilganidan soʻng, Broomes 2001-yil 12-dekabrda bepul transferga qoʻyib yuborildi.

Sheffield Wednesday[tahrir | manbasini tahrirlash]

Broomes 2001-yil 13-dekabrda birinchi divizionda ishtirok etgan Sheffield Wednesday klubi bilan shartnoma imzoladi[5]. U 18 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi, ammo 2001\2002-yilgi mavsum oxirida qoʻyib yuborildi.

Preston North End[tahrir | manbasini tahrirlash]

Broomes mavsumining koʻp qismini Chempionship klubi „Burnley“da oʻtkazdi. Biroq, 2002-yil 7-avgustda u Lancashire raqiblari va boshqa Chempionship klubi Preston North End bilan shartnoma imzoladi. Menejer Craig Brown Broomesdan qoyil qoldi va u bilan uch yillik shartnoma imzoladi[6]. U uch yil davomida klub safida oltmish toʻqqizta oʻyin oʻtkazdi.

Stoke City[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil avgust oyida u Chempionship klubi boʻlgan Stoke City bilan uch yillik shartnoma imzoladi, bunda Lewis Neal Stokedan Prestonga koʻchib oʻtadi[7]. Broomes 42 ta oʻyinda maydonga tushdi, asosan qanot himoyachisi sifatida, oʻzining tabiiy pozitsiyasida boʻlma-sa, ham ikki marta gol urdi, klub esa 2005\2006-yilgi mavsumda 13-oʻrinni egalladi.

Xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Broomes 19 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasida oʻynagan. U 1997\1998-yilgi mavsumda 21 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasiga chaqirilgan. U 1997-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi turnirning chorak finaliga chiqqani uchun ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubigi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Blackburn Rovers 1996—1997 Premiyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
1997—1998 Premiyer-liga 4 0 0 0 1 0 5 0
1998—1999 Premiyer-liga 13 0 4 0 0 0 0 0 17 0
1999—2000 Birinchi Divizion 13 1 0 0 0 0 13 1
2000—2001 Birinchi Divizion 1 0 0 0 2 0 3 0
2001—2002 Premiyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 31 1 4 0 2 0 0 0 37 1
Swindon Town (Ijara) 1996—1997 Birinchi Divizion 12 1 0 0 0 0 12 1
Queens Park Rangers (Ijara) 2000—2001 Birinchi Divizion 5 0 0 0 0 0 5 0
Grimsby Town (Ijara) 2001—2002 Birinchi Divizion 15 0 0 0 3 2 18 2
Sheffield Wednesday 2001—2002 Birinchi Divizion 19 0 1 0 0 0 20 0
Preston North End 2002—2003 Birinchi Divizion 28 0 1 0 3 0 32 0
2003—2004 Birinchi Divizion 30 0 1 0 0 0 31 0
2004—2005 Chempionship 11 0 1 0 0 0 2 0 14 0
Jami 69 0 3 0 3 0 2 0 77 0
Stoke City 2005—2006 Chempionship 37 2 4 0 1 0 42 2
2006—07 Chempionship 0 0 0 0 0 0 0 0
2007—2008 Chempionship 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 37 2 4 0 1 0 42 2
Blackpool 2008—2009 Chempionship 1 0 0 0 0 0 1 0
Crewe Alexandra (Ijara) 2008—2009 Liga 1 19 0 0 0 0 0 0 0 19 0
Tranmere Rovers 2009—2010 Liga 1 31 1 3 0 1 0 0 0 35 1
2010—2011 Liga 1 5 0 1 0 0 0 1 0 7 0
Jami 36 1 4 0 1 0 1 0 42 1
Altrincham 2011—2012 Shimoliy Konferentsiya 9 1 0 0 0 0 9 1
Karyerada jami 253 6 15 0 10 2 3 0 281 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Swindon Town 3 – 1 Birmingham City“. Swindon Town FC.co.uk (1997-yil 26-fevral). Qaraldi: 2012-yil 2-yanvar.
  2. „Grimsby snap up Broomes“. BBC Sport (2001-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2007-yil 6-avgust.
  3. „Grimsby stun Liverpool“. BBC (2001-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2009-yil 2-sentyabr.
  4. „Grimsby 3-3 Sheff Utd (4-2 on pens)“. BBC (2001-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 8-mart.
  5. „Broomes joins Owls“. BBC Sport (2001-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 6-avgust.
  6. „Preston bag Broomes“. BBC Sport (2002-yil 8-avgust). Qaraldi: 2007-yil 6-avgust.
  7. „Neal and Broomes seal swap deal“. BBC Sport (2005-yil 3-avgust). Qaraldi: 2007-yil 6-avgust.