Markiel Fazilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Fazilov Markiel (Mark) Aronovich
Jinsi erkak
Fuqaroligi Isroil SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Isroil bayrogʻi Isroil
Qaysi sport shashka, xalqaro grossmeyster
Tavallud sanasi 16-aprel 1954-yil (68 yosh)
Medallar Заслуженный тренер Республики Узбекистан.png
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Podolsk, Rush shashkasi, 1992 (RSHXA) {{{3}}}
Bronza Uxta, Rush shashkasi, 1995 (RSHXA) {{{3}}}
Kumush Rovno, Brazilya shashkasi, 1997 {{{3}}}
Oltin Odessa, Rush shashkasi, 2000 (BJSHF, blits) {{{3}}}

Markiel (Mark) Aronovich Fazilov (1954-yil 16-aprelda tugʻilgan) — sovet, oʻzbek va isroillik shashkachi, xalqaro grossmeyster, rus shashkasi boʻyicha 2000-yil jahon chempioni, rus va braziliya shashkasida  klassik vaqtni boshqarish boʻyicha jahon chempionatlarining koʻp karra gʻolibi[1][2] rus shashkasi boʻyicha uch karra SSSR chempioni (1980, 1981, 1990), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy (2000)[3].

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markiel Fazilov oʻsmirlik davrida ikki marta yoshlar oʻrtasida rus shashkasi boʻyicha SSSR chempioni boʻlgan. 1976-yilda Yaltada boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi mamlakat chempionatida u toʻrtinchi oʻrinni egallagan va bir yildan soʻng SSSR Qurolli Kuchlari chempionatida bronza va SSSR kubogida kumush medalni qoʻlga kiritgan[4].

1980-yilda Grodnoda boʻlib oʻtgan SSSR chempionatida Fazilov turninrning koʻp yillik peshqadami, kievlik Mixail Raxunovga 13-turda yetib oldi. Ushbu oʻyindan soʻng ularning reyting natijalari bir  hil natijani qayd etib  turgan. Soʻnggi turda oʻzaro oʻynab, shohsupada birinchi oʻrinni boʻlishib olishgan.

Bu holat bir yildan keyin Kiyevda yana takrorlandi. Fazilov turnir peshqadami — Kishinyovlik Mark Sokolovskiyga yetib oldi. Ammo oltinchi turda yuzma-yuz uchrashuvda samarqandlik ishtirokchi gʻalaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlik qildi. Shundan soʻng yana ikkita gʻalabaga erishgan Fazilov turnirning qolgan qismida ehtiyotkorlik bilan qatnashib, yakunda kumush medal sohibidan yarim ochkoga oldinga oʻzib ketdi. SSSR chempionatidagi ikkinchi gʻalaba Fazilovga SSSR grossmeysteri unvonini keltirdi, u nafaqat Oʻzbekistonda, balki SSSRning barcha Oʻrta Osiyo respublikalarida birinchi va butun SSSRda oʻninchi oʻrinni egalladi. Evrosiyo yahudiylari kongressi Bosh kengashi aʼzosi Semyon Belmanning soʻzlariga koʻra, Fazilov ikki karra chempion boʻlishiga qaramasdan, grossmeyster unvonini olishi uchun ular Moskvaga partiya maʼlumotnomasini yuborishlari kerak boʻlgan va u yuborilgan.  Boisi, SSSR hech qachon partiya aʼzosi boʻlmagan, Fazilov 1990-yilda uchinchi marta SSSR chempionligini qoʻlga kiritdi.

SSSR parchalanib, BJSHF dan mustaqil boʻlgan Rossiya shashkasining xalqaro asostasiyasiga koʻra rus shashka boʻyicha jahon chempionatlari boshlanishi bilan suveren Oʻzbekiston safida dona surgan Fazilov turning eng faol ishtirokchisiga aylandi. U 1992-yilda ikkinchi oʻrinni (chempion — rossiyalik Yuriy Korolev bilan teng ochko toʻplagan) va 1995-yilda uchinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi[2] (baʼzi manbalarda Fazilovni 1992-yilgi jahon chempioni gʻolibi deb atashadi). U 1997-yilda Rovno shahrida xalqaro grossmeyster normasini bajargan, BJSHF maʼlumotiga asosan koʻra Braziliya shashkasi boʻyicha jahon chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2000-yilda Odessada birinchi oʻrin uchun bahsdan bir kun avval „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy“ unvoni bilan taqdirlangan Fazilov final musobaqada Gavril Kolesovni yengib, rus shashkasi yashin yoʻnalishi boʻyicha oʻyinida jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

2009-yilda Fazilov Isroil davlatiga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtadi. Fazilov keyingi yili Braziliya shashkasi boʻyicha Isroil chempioni boʻladi va turnirda 12 ochkodan 11 ochko jamgʻarib, milliy grossmeyster Aleksandr Gantman ni bir ochkoga ortda qoldirgan holda kumush medal sovrindoriga aylanadi. Keyinchalik u Isroil terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egalladi va mamlakat shashka federatsiyasi Prezidiumi aʼzosi boʻldi.

Shashka bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Фазылов М. А.. Мои избранные партии, Самарканд, 1992.. 

Jamoatchilik va adabiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilda Fazilov Oʻzbekistonda yahudiy madaniyatini qayta tikladi. U har oyda chop etiladigan buxoro-yahudiylari gazetasi „Shofar“ga asos solgan (1992- yildan 2009-yilgacha gazeta bosh muharriri boʻlgan), Samarqanddagi yahudiy madaniyat markaziga rahbarlik qilgan[5]. Samarqandda buxoro yahudiylari jamiyati raisi boʻlgan. Fazilov tomonidan xalqaro yahudiy tashkilotlari koʻmagida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan madaniy loyihalar qatorida yahudiylarning tarixiy uylari va ibodatxonalari haqida hujjatli film suratga olingan (1998), Ulugʻ Vatan urushi yillarida halok boʻlgan samarqandliklar xotirasiga bagʻishlab haykallar oʻrnatilgan (2003).

2008-yilda uning koʻmagida 1935-yilda yopilgan Samarqanddagi yahudiylarining Isaak Luri muzeyi restavratsiya qilingan[5].

1993, 1999 va 2003-yillarda Fazilov muallifligida „Yillar, odamlar, faktlar“ nomli uchta toʻplami nashr etilgan. Isroilga koʻchib oʻtgach, „Haqiqat yoʻlida“, „Mashhur savdogarlar — buxoro yahudiylari“, „Olmos yigʻish vaqti“ kitoblarini nashr ettiradi. Butunjahon Buxoro yahudiylari kongressi tomonidan nashr etiladigan „Menora“ gazetasi bilan hamkorlik qilgan. 2014-yilda u Isroil rusiyzabon yozuvchilar uyushmasining buxoro-yahudiy boʻlimi raisi etib saylangan. U Isroilda shashka boʻyicha „Buxoro yahudiylari oʻrtasida jahon chempionati“ni Isroil va AQSHdan kelgan shashkachilar ishtirokida tashkil qilib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Spisok prizyorov chempionatov mira na ofitsialnom sayte Seksii-64 FMJD
  2. 2,0 2,1 Istoriya chempionatov mira po shashkam-64 na sayte „Ukrshashki“
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2002 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер. Natsionalnaya baza dannix zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan
  4. grossmeyster Uzbekistana — Markiel Fazilov|muallif=Semyon Belman.|nashriyot=Shashki na Slobojanщine|sana=2011-02-25|kirish sanasi=2015-08-05
  5. 5,0 5,1 Семён Бельман. „Первый гроссмейстер Узбекистана — Маркиэл Фазылов“. Шашки на Слобожанщине (25-fevral 2011-yil). Qaraldi: 5-avgust 2015-yil.