Markaziy Osiyo va Yaponiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

" Markaziy Osiyo plus Yaponiya " — Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari: Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonning siyosiy tashabbusi boʻlib, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va ularni oʻzaro manfaatli munosabatlarga olib borish maqsadida muloqot shaklida ifodalangan yangi bosqich davri hisoblanadi[1], shuningdek, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish forumi bilan oʻzaro uzviy bogʻliq hisoblanadi[2].

Aʼzolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya

Oʻzbekiston

Qozogʻiston

Tojikiston

Qirgʻiziston

Turkmaniston

Yaratilish va rivojlanish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil 28-avgustda Ostona (Hzoirda Nur-Sulton) shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiya hukumatlari oʻrtasida muloqot boshlangani eʼlon qildi. Qoʻshma bayonotda fundamental tamoyillar va qadriyatlar, mintaqaning Yaponiya bilan munosabatlarini rivojlantirish, Markaziy Osiyoda mintaqalararo hamkorlik, xalqaro maydondagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu hamkorlikga doir masalada davlatlar oʻz oldiga 4 ta tashabbusni qoʻydi.[1].

Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va demokratiyani mustahkamlash:

Markaziy Osiyoning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish va hududni ijtimoiy rivojlantirish:

Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash:

Markaziy Osiyoning Yaponiya va jahon hamjamiyati bilan aloqalarini rivojlantirish:

Yaponiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi yanada rivojlantirish:

Kavaguchining Toshkentdagi nutqida qayd etilganidek, Muloqot Yaponiya va Markaziy Osiyo oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning „yangi yoʻnalishi“ aylandi. Muloqot mexanizmining asosiy tamoyillari sifatida quyidagilar belgilandi: (1) xilma-xillikni hurmat qilish; (2) raqobat va muvofiqlashtirish; (3) ochiqlik va hamkorlik[3].

Bir yil oʻtgach, format ishtirokchilari Muloqotning beshta asosiy ustunini tasdiqladilar, xususan: siyosiy muloqot; mintaqalararo hamkorlik; biznesni rivojlantirish; intellektual muloqot va gumanitar yordam almashinuvlari[4].

Bundan tashqari, tomonlar mintaqalararo integratsiyani ragʻbatlantirish uchun oʻsha paytda eng katta muoomo sanaladigan 10 ta yoʻnalishni aniqladilar, jumladan: terrorizmga qarshi kurash; giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash; tozalash; qashshoqlikka barham berish; sogʻliqni saqlash; atrof- muhitni muhofaza qilish; suv bilan bogʻliq muammolar; energiya; savdo va investitsiyalar; transport[5].

Muloqot faoliyatining tahlili shuni koʻrsatadiki, MOYH ishtirokchilari ushbu asosga amal qilishda davom etadilar. 2004-yildan buyon Muloqot orqali 40 dan ortiq uchrashuv va tadbirlar, jumladan vazirlar darajasida 7 ta, yuqori mansabdor shaxslar (TIV oʻrinbosari yoki TIV Siyosiy departamenti direktori) darajasida 13 ta va ekspertlar darajasida 11 ta uchrashuv va tadbirlar oʻtkazildi.

Oʻtgan yillar davomida tomonlar 12 ta hujjatni, jumladan, ikkita Harakat rejasini (2006 va 2019-yillar) va ikkita yoʻl xaritasini — qishloq xoʻjaligi (2014-yil) va transport va logistika (2017-yil) sohalarida qabul qilishga muvaffaq boʻldi. Aytgancha, 2006-yilgi asosiy Harakat rejasi oʻsha vaqtdan beri yangilanmagan va faqat ilgari belgilangan yoʻnalishlar (2014, 2017 va 2019-yillar) boʻyicha yangi tashabbuslar bilan toʻldirildi). Harakatlar rejasini koʻrib chiqish Muloqotda ishtirok etuvchi mamlakatlar tomonidan faqat bir marta amalga oshirildi[6].

Dastlabki bosqichda, betaraflik maqomiga qaramay, Turkmaniston boshqa mamlakatlarga nisbatan kamroq koʻrinadigan darajada boʻldi. Ammo muloqot ishida ishtirok etdi. Faqat 2014-yilda, birinchi Vazirlar kengashidan oʻn yil oʻtib, Markaziy Osiyo va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari Bishkekda ilk bor toʻliq tarkibda yigʻilishga muvaffaq boʻldi.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, 2004-yilda Bolgariyada boʻlib oʻtgan EXHT Vazirlar Kengashining „bir chetida“ oʻtkazilgan bitta uchrashuvdan tashqari, Muloqot doirasidagi barcha uchrashuvlar anʼanaviy ravishda Yaponiyada yoki Markaziy Osiyo mamlakatlarida boʻlib oʻtadi, Tokio esa barcha yigʻilishlarning 60 % dan ortigʻini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, erishilgan kelishuvlarga qaramay, Muloqot ishtirokchilari uchinchi davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarni oʻz uchrashuvlariga faol taklif qilmayapti. Muloqotda qatnashgan birinchi va yagona xorijiy davlat (2006 va 2019-yillar) Afgʻonistondir. Shu paytgacha aynan Kavaguchi Taro Aso (2005—2007-yillarda Yaponiya tashqi ishlar vaziri) va hozirda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing nutqlarida. Afgʻoniston va Janubiy Osiyoning boshqa davlatlari orqali Muloqot geografiyasini kengaytirish istagini kuzatish mumkin. Shuningdek, forum hujjatlarida Osiyo taraqqiyot banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari vakillarining ishtiroki kamdan-kam uchramoqda.

Nisbatan yaqinda Turkiyaning Muloqotga qoʻshilishi mumkinligi haqidagi fikr hamjamiyatda ham koʻtarildi. Shu nuqtai nazardan, bir nechta qiziqarli faktlarni bildirish kerak.

2006-yilda Muloqot doirasida Markaziy Osiyo davlatlari va Yaponiyaning birinchi Sammitini oʻtkazish gʻoyasi bildirildi (oʻxshash, ammo yashirin xabarni avvalgi hujjatlarda topish mumkin). Biroq bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga toʻgʻri kelmaydigan bu tashabbus qogʻozda qolib ketdi.

Bundan tashqari, Muloqot doirasida ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish boʻyicha yagona tuzilmani yaratish boʻyicha takliflar qayta-qayta bildirildi. Natijada, Muloqot faqat ikkita ahamiyatsiz tashabbusni ishlab chiqishi mumkin.

Shubhasiz, bu faktlar tomonlarning, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining ishtirokchi partiyalar sonini cheklab, Yaponiya bilan siyosiy muloqot va iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga eʼtibor qaratish istagidan dalolat berishi mumkin. Biroq, koʻrib turganingizdek, Muloqot doirasida eʼlon qilingan barcha tashabbuslar ham tomonlar tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanmayapti.

Shunga qaramay, koʻp tomonlama yondashuvlarning qiyinchiliklariga qaramay, tamonlar yondashuv jihatdan rivojlanish istiqbollarini koʻrib chiqmoqda.

Birinchidan, Muloqotning oʻziga xos arxitekturasi bor.

Ikkinchidan, davlatlar Muloqot faoliyati amaliy ishlada koʻrinishi kerak. Hozirgacha Yaponiya tomoni bir qancha muhim qarorlarni qabul qila oldi: mintaqaviy ekspertlar uchun treninglar tashkil etish (2004-yilda 1000 kishi va 2017-yilda 2000 kishi), Birlashgan Millaatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining chigirtkalarga qarshi kurash dasturini moliyalashtirish (2015-y.), Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun Yaponiya viza rejimi (2017-yil) shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, yapon tashkilotlari tomonidan energetika, qishloq xoʻjaligi, transport, logistika sohalarida hamkorlikning istiqbolli yangi yoʻnalishlari boʻyicha bir qancha yirik hisoblangan tadqiqotlar va ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Biroq, amalga oshirilayotgan loyihalar soni Muloqot doirasidagi hamkorlikning uzoq tarixiga mos kelmasligi aniq. Bundan tashqari, loyiha tahlili shuni koʻrsatadiki, ushbu tashabbus koʻp jihatdan yapon tashkilotlari va kompaniyalari, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar orqali eng maqbul tashabbuslar/loyihalarni yaratish uchun qulay platforma boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

Uchinchidan, tomonlar baʼzi loyihalar cheklangan xususiyatga ega boʻlganligidir. Yani loyihalarayrimlari faqat 2 ta yoki 3 ta davlat uchun xizmat qila oladi yoki moʻljallangan. Bundan tashqari, Yaponiya tomoni loyihalar mintaqaviy xususiyatga ega boʻlishi, jarayonning barcha ishtirokchilari tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi istab qoladi. Yaponiya bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boʻlishi va yapon „nou-xau“laridan foydalanishga qaratilgan.

Soʻnggi 15 yil ichida Yaponiya ham bu jarayonda oʻz rolini aniqlashga bir necha bor urinib koʻrdi. Dastlab Yaponiya oʻzini Markaziy Osiyo davlatlarining „tabiiy hamkori“ sifatida koʻrsatdi.

2017-yilda 6-Vazirlar kengashi yakunlariga koʻra, Yaponiya Tashqi ishlar vazirligining avvalgi rahbari Fumio Kishida Tokioning mintaqadagi transport-logistika loyihalarini 24 milliard ien miqdorida moliyalashtirish niyatida ekanligini maʼlum qilgan edi. 2014-yilda 4-Vazirlar kengashi natijalariga koʻra, Kisida tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan Koichiro Gemba ham Tokioning 700 million dollarni moliyalashtirishga tayyorligini maʼlum qildi.

Shu nuqtai nazardan, Muloqot doirasida koʻrib chiqilayotgan loyihalarni koʻrib chiqish va monitoring qilish vazifasi katta mansabdor shaxslar yigʻilishiga yuklatildi.

Koʻpgina ekspertlar orasida Muloqot Yaponiya geosiyosiy ambitsiyalari va Tokioning Rossiya va Xitoy bilan raqobatlashish istagi mahsulidir degan kuchli fikrlar ham mavjud. Shunga qaramay, yigʻilishning yakuniy hujjatlarida, bir nechta holatlar bundan mustasno. Taxmin qilish mumkinki, uchinchi davlatlar bilan siyosiy munozaralar va ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha mamlakatlar oʻrtasida maʼlum konsensus mavjud. Shunday qilib, 2012-yilda Yaponiya va Xitoy oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarning navbatdagi keskinlashuvi fonida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi birinchi va oxirgi marta „Muloqot biron bir aniq davlatga qarshi qaratilgan emas“ deb taʼkidladi.

2019-yilda Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari bundan buyon koʻp tomonlama muloqot platformalari, jumladan, AQSh, Koreya Respublikasi, Yevropa Ittifoqi va Yaponiya bilan oʻz pozitsiyalarini muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

Shubhasiz, mintaqa davlatlari bugungi kunda mintaqadagi oʻzgaruvchan voqelikni hisobga olgan holda ushbu forumlar ishini oʻzgartirish maqsadida amaliy ishlar olib bormoqda.

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Yaponiya tashqi siyosati
  • Markaziy Osiyo Ittifoqi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]