Mario Maloča

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mario Maloča
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-may 1989-yil (1989-05-04) (34 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, SFR Yugoslaviya
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lechia Gdańsk
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2004 Dinamo Zagreb
2004—2005 NK Zagreb
2006 Inter Zaprešić
2006 Kamen Ingrad
2007—2008 Hajduk Split
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2015 Hajduk Split 170 (4)
2015—2018 Lechia Gdańsk 47 (4)
2017—2018Greuther Fürth (Ijara) 31 (2)
2018—2019 Greuther Fürth 24 (0)
2019- Lechia Gdańsk 80 (1)
Milliy terma jamoa
2008 Xorvatiya U19 3 (1)
2008—2009 Xorvatiya U20 6 (0)
2008—2010 Xorvatiya U21 13 (0)
2012 Xorvatiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-oktabr 2022-yil uchun)

Mario Maloča (talaffuzi: Mario Malocha)(1989-yil 4-mayda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Gdanskning „Lechiya“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maloča oʻzining yoshlik faoliyatining katta qismini Zagrebning „Dinamo“ jamoasida oʻtkazgan va Zagreb NK, „Inter Zaprešich“ va Kamen Ingraddagi yoshlar jamoalarida toʻp surgan va yoshlar jamoasidan kattalar divizioniga chiqishga harakat qilgan[1]. 2007-yilda Maloča kattalar divizionidagi grand jamoalardan biri Hajduk Split bilan shartnoma imzolagan.

Maloča Prva HNLdagi debyutini 18 yoshida Hajduk bilan 2007/08-yilgi mavsumda Šibenikga qarshi oʻtkazgan va Igor Tudor, Goran Sablich va Boris Jivkovich kabi taniqli himoyachilar bilan birga oʻynagan. Mavsum tugagach, u Hajduk bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. 2015-yilning aprelida u qisqa muddatga B jamoasiga tushirilgan, 2015-yilning iyulida esa „Hajduk“ni tark etgan.

2017-yilning iyul oyida Maloča Bundesliga 2 SpVgg Greuther Furthsafiga qoʻshilgan[2].

2019-yilning may oyida u Gdanskning „Lechiya“ klubiga 3 yillik shartnoma asosida oʻtgani maʼlum boʻlgan[3].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maloča Xorvatiyaning U-19 va U-21 terma jamoalarida 13 marta oʻyin oʻtkazgan va Xorvatiyaning 2008-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, Albaniya darvozasiga gol urgan. 2012-yil avgust oyida uni xorvatiyalik murabbiy Igor Shtimac futbol boʻyicha Xorvatiya terma jamoasiga chaqirgan[4]. U Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hajduk Split 2007—2008 Prva HNL 12 0 4 1 16 1
2008—2009 16 0 5 1 3 0 24 1
2009—2010 20 0 6 0 2 0 28 0
2010—2011 27 0 1 0 9 0 1 0 38 0
2011—2012 14 1 3 0 2 0 19 1
2012—2013 23 1 6 0 4 0 33 1
2013—2014 30 1 2 0 4 1 36 2
2014—2015 28 1 5 1 6 0 39 2
Jami 170 4 32 3 30 1 1 0 233 8
Lechia Gdańsk 2015—2016 Ekstraklasa 22 2 0 0 6 0 28 2
2016—2017 24 2 1 0 7 0 32 2
2017—2018 1 0 0 0 1 0
Jami 47 4 1 0 0 0 13 0 61 4
Greuther Fürth 2017—2018 2. Bundesliga 17 1 2 0 19 1
Karyerada jami 234 9 35 3 30 1 14 0 313 13

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hajduk Split

  • Xorvatiya kubogi : 2009-10, 2012-13

Lechiya Gdansk

  • Polsha Superkubogi : 2019-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Vatreni.info - Mario Maloča Biography“ (xorvatcha). vatreni.info. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  2. „SpVgg Greuther Fürth leiht Innenverteidiger Mario Maloca von Lechia Gdansk aus“ (olmoncha). kicker Online (25-iyul 2017-yil). Qaraldi: 25-iyul 2017-yil.
  3. Oficjalnie: Mario Maloca wraca do Lechii Gdańsk! „Zdecydowaliśmy z moją rodziną, że to najlepsze rozwiązanie“, dziennikbaltycki.pl, 22 May 2019
  4. „Vatreni.info - Mario Maloča Biography“ (xorvatcha). vatreni.info. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  5. „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 15-oktabr 2022-yil.