Marin Aničić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marin Aničić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marin Aničić
Tavallud sanasi 17-avgust 1989-yil (1989-08-17) (34 yosh)
Tavallud joyi Mostar, SR Bosniya va Gersegovina, Yugoslaviya
Boʻyi 1.92 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sarajevo
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Zrinjski Mostar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2014 Zrinjski Mostar 141 (6)
2014—2019 Astana 148 (5)
2019—2022 Konyaspor 31 (1)
2022- Sarajevo 1 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Bosniya va Gersegovina U21 6 (0)
2016 Bosniya va Gersegovina 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-avgust 2022-yil uchun)

Marin Aničić (talaffuzi: Marin Anichich) (1989-yil 17-avgustda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Bosniya Premyer-ligasining „Sarayevo“ klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Aničić professional faoliyatini „Zrinjski Mostar“ jamoasida boshlagan, 2014-yilda „Astana“ klubiga oʻtgan. Besh yil oʻtgach, u Konyaspor jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2022-yilda u Sarayevo jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Bosniya va Gersegovina terma jamoasining sobiq yoshlar terma jamoasida Aničić 2016-yilda oʻzining xalqaro miqyosdagi debyutini oʻtkazgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyat yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aničić oʻzining tugʻilgan shahri „Zrinjski Mostar“ klubining yoshlar akademiyasida ilk futbol bilimlarini olgan[1]. U 2007-yilning 28-noyabrida 18 yoshida „Slaviya“ga qarshi professional debyut oʻyinini oʻtkazgan[2]. 2008-yil 2-aprelda u Orasje ustidan jamoasi bilan gʻalaba qozonib, oʻyinda oʻzining birinchi professional golini kiritgan[3].

Astana[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil fevralida Aničić Qozogʻistonning „Astana“ klubiga nomaʼlum toʻlov evaziga transfer qilingan[4]. 15-mart kuni u jamoadagi rasmiy debyutini „Jetisu“ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan[5], U klub bilan oʻzining birinchi kubogini 9-noyabr kuni qoʻlga kiritpft, oʻshanda ular oʻz tarixida birinchi marta liga chempioni boʻlishgan edi[6].

Aničić 2015/2016-yilgi mavsumda „Astana“ga UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk tarixiy uchrashuvini oʻtkazishda yordam bergan[7]. 2015-yil 15-sentyabrda u „Benfika“ ga qarshi bahsda debyut qilgan[8]. Ikki oy oʻtgach, u turnirdagi birinchi golini xuddi shu raqib darvozasiga kiritgan va bu uning jamoadagi birinchi goli boʻlgan[9].

Aničić 2016-yilning 20-martida „Ordabasi“ga qarshi oʻyinda ligadagi ilk golini kiritgan[10]. Avgust oyida u shartnomasini 2019-yil iyunigacha uzaytirgan[11]. 2-oktyabr kuni u jamoa safidagi 100-oʻyinini oʻtkazgan[12].

U 2019-yilning 14-aprelida klub safidagi 200-uchrashuvida maydonga tushgan[13].

Konyaspor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avgust oyida Aničić Turkiyaning „Konyaspor“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[14]. U klubdagi debyutini 18-avgust kuni Ankaragücüga qarshi oʻtkazgan[15]. 2020-yil 25-iyul kuni u Konyaspor safidagi ilk golini Alanyaspor darvozasiga kiritgan[16].

2021-yil yanvar oyida u tizzasidan ogʻir jarohat olgan, unga oldingi xoch bogʻlami uzilishi tashxisi qoʻyilgan va kamida olti oyga safdan chiqgan. U 28-noyabr kuni jarohatdan oʻn oy oʻtib maydonga qaytgan[17].

Faoliyatining keyingi bosqichi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil iyun oyida Aničić Sarayevo jamosiga koʻchib oʻtgan[18].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aničić bir necha yil davomida Bosniya va Gersegovinaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi aʼzosi boʻlgan[19].

2015-yil avgust oyida u Belgiya va Andorraga qarshi UEFA Yevro-2016 saralash bosqichi uchun terma jamoadan birinchi chaqiruvni olgan[20]. Ammo uLyuksemburg terma jmoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan. Bu oʻyin 2016-yilning 25-martida oʻtkazilgan[21].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Zrinjski Mostar 2007—2008 Bosniya Premyer Ligasi 4 1 1 0 - - 5 1
2008—2009 Bosniya Premyer Ligasi 23 0 7 0 4 0 - 34 0
2009—2010 Bosniya Premyer Ligasi 24 1 6 0 2 0 - 32 1
2010—2011 Bosniya Premyer Ligasi 27 0 5 0 2 0 - 34 0
2011—2012 Bosniya Premyer Ligasi 24 3 3 0 - - 27 3
2012—2013 Bosniya Premyer Ligasi 23 1 7 1 - - 30 2
2013—2014 Bosniya Premyer Ligasi 16 0 2 0 4 0 - 22 0
Jami 141 6 31 1 12 0 - 184 7
Astana 2014 Qozogʻiston Premyer Ligasi 27 0 2 0 4 0 - 33 0
2015 Qozogʻiston Premyer Ligasi 29 0 3 0 11 1 1 0 44 2
2016 Qozogʻiston Premyer Ligasi 27 3 2 0 10 3 1 0 40 7
2017 Qozogʻiston Premyer Ligasi 24 0 0 0 12 1 1 0 37 1
2018 Qozogʻiston Premyer Ligasi 27 0 0 0 12 1 1 0 40 1
2019 Qozogʻiston Premyer Ligasi 14 2 0 0 3 0 1 0 18 2
Jami 148 5 7 0 52 6 5 0 212 11
Konyaspor 2019—2020 Süper Lig 28 1 0 0 - - 28 1
2020—2021 Süper Lig 2 0 1 1 - - 3 1
2021—2022 Süper Lig 1 0 3 0 - - 4 0
Jami 31 1 4 1 - - 35 2
Sarajevo 2022—2023 Bosniya Premyer Ligasi 1 0 0 0 - - 1 0
Jami 321 12 42 2 64 6 5 0 432 20

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Bosniya va Gersegovina
2016-yil 1 0
Jami 1 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zrinjski Mostar

  • Bosniya Premyer-ligasi : 2008—2009
  • Bosniya kubogi : 2007—2008

Astana

  • Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2014, 2015, 2016, 2017, 2018
  • Qozogʻiston kubogi : 2016-yil
  • Qozogʻiston Superkubogi : 2015, 2018, 2019

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Toni Šunjić i Marin Aničić: Ponos Zrinjskog i Mostara“ (xorvatcha). hercegovina.info (28-avgust 2015-yil). Qaraldi: 28-avgust 2015-yil.
  2. „Zrinjski se plasirao u četvrtfinale kupa“ (Bosnian). sportsport.ba (28-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2007-yil.
  3. „Domaćini ponovo uspješni“ (Bosnian). sportsport.ba (2-aprel 2008-yil). Qaraldi: 5-aprel 2008-yil.
  4. „Marin Aničić tri godine u kazahstanskoj Astani“ (Bosnian). sportsport.ba (11-fevral 2014-yil). Qaraldi: 14-fevral 2014-yil.
  5. „Marin Aničić debitovao za Astanu na otvaranju prvenstva“ (Bosnian). sportsport.ba (15-mart 2014-yil). Qaraldi: 17-mart 2014-yil.
  6. „Marin Aničić sa Astanom osvojio titulu prvaka Kazahstana“ (Bosnian). reprezentacija.ba (9-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2014-yil.
  7. „Pirova pobjeda Partizana, Štilićev gol nedovoljan APOEL-u“ (Bosnian). sportsport.ba (26-avgust 2015-yil). Qaraldi: 28-avgust 2015-yil.
  8. „Sigurne pobjede Benfice i Atlética“ (Bosnian). sportsport.ba (15-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2015-yil.
  9. „Astana ispustila dva gola prednosti, Aničić strijelac“ (Bosnian). sportsport.ba (25-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 25-noyabr 2015-yil.
  10. „Marin Aničić pogodio u pobjedi Astane nad Ordabasijem“ (Bosnian). klix.ba (20-mart 2016-yil). Qaraldi: 20-mart 2016-yil.
  11. „Aničić interesantan Italijanima, Rusima i Švicarcima“ (Bosnian). fokus.ba (16-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2016-yil.
  12. „Grahovac strijelac u visokoj pobjedi Astane“ (Bosnian). sportsport.ba (2-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2016-yil.
  13. „Astana savladala Ordabasy, Aničić odigrao cijeli susret“ (Bosnian). sportsport.ba (14-aprel 2019-yil). Qaraldi: 15-aprel 2019-yil.
  14. „Marin Aničić iz Astane prešao u Konyaspor“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2-avgust 2019-yil). Qaraldi: 5-avgust 2019-yil.
  15. „Konyaspor domaćim remijem otvorio sezonu, nastupila tri bh. fudbalera“ (Bosnian). scsport.ba (18-avgust 2019-yil). 2022-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.
  16. „Marin Aničić postigao prvi gol u sezoni za Konyu“ (Bosnian). reprezentacija.ba (25-iyul 2020-yil). Qaraldi: 28-iyul 2020-yil.
  17. „Prekinut pobjednički niz Konyaspora, nastupila tri bh. fudbalera“ (Bosnian). scsport.ba (28-noyabr 2021-yil). 2022-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2021-yil.
  18. „Sarajevo pojačalo odbranu bivšim reprezentativcem BiH“ (Bosnian). klix.ba (13-iyun 2022-yil). Qaraldi: 13-iyun 2022-yil.
  19. „Marin Aničić: Potrudit ću se da pokažem svoju vrijednost“ (Bosnian). reprezentacija.ba (1-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2015-yil.
  20. „Baždarević objavio spisak reprezentativaca za utakmice protiv Belgije i Andore“ (Bosnian). klix.ba (24-avgust 2015-yil). Qaraldi: 25-avgust 2015-yil.
  21. „Zmajevi slomili otpor Luksemburga u drugom poluvremenu i slavili sa 3:0“ (Bosnian). klix.ba (25-mart 2016-yil). Qaraldi: 25-mart 2016-yil.