Marhab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marhab ibn al-Horis
arabcha: مرحب بن الحارث

Alining Marhabni oʻldirishi tasviri
Vafoti 628
Xaybar jangi
Kasbi Qoʻmondon, shoir

Marhab ibn al-Horis (arabcha: مرحب بن الحارث) – Islom dini paygʻambari Muhammadning muxolifi. Xaybar jangida ishtirok etgan mashhur jangchi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marhab ibn al-Horis janglardagi qoʻmondonlik mahorati bilan bir qatorda[1] shoir ham boʻlgan[2]. Boʻylari baland va bahaybat[3], jasur[3] va boy kishi edi[3].

Ajdodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baʼzi tarixchilar keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Mahrab ibn al-Horis va uning singlisi asli isroillik boʻlgan[4], baʼzi tarixchilar uni himyariylardan deb hisoblashgan[5].

Xaybar jangi[tahrir | manbasini tahrirlash]

628-yilda Xaybar vohasida yashovchi musulmonlar va yahudiylar oʻrtasida Xaybar jangi boʻlib oʻtadi. Marhab oʻsha jangda yahudiy qoʻshinining qoʻmondoni sifatida jang qiladi. Musulmon tarixchisi Shayx Mufid: „Musulmonlardan Ali ibn Abu Tolibdan boshqa hech kim unga qarshi tura olmaydi“, deydi[6].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marhabning onasi folbin edi, u Marhabni arslon maʼnosini bildiruvchi nom bilan ataladigan kishidan boshqa hech kim oʻldira olmaydi deb bashorat qilgan[3][7]. Marhab soʻnggi jangidan bir kecha oldin sherning oʻziga hujum qilganini tush koʻrgan[8].

Tarixchilar Marhabning oʻldirilishi bilan bogʻliq voqea haqida turlicha taʼrif berganlar. „Sahih Muslim“da yozilishicha, jangda Ali Marhabning qarshisidan chiqadi. Marhab qilichini irgʻitib, olgʻa siljiydi: „Xaybar, albatta, men Marhab ekanligimni biladi, men toʻliq qurollangan, sinovdan oʻtgan, urush boshlanganida olov alangasini yoyib yuborgan jasur jangchiman“. Unga javoban Ali: „Men onasi unga Haydar deb ism qoʻygan odamman (arslon soʻziga sinonim), yuzi dahshatga toʻla oʻrmon arsloniga oʻxshagan odamman“.

Roviylardan shunday deyiladi: „Ali Marhabning boshiga urib, uni oʻldirdi. Shuning hisobiga Xaybar qoʻlga olindi“[9].

Bu haqida Maqriziy ham rivoyat qiladi: „Ansoriylar Marhabning onasini uning jasadini ushlab, yigʻlayotganini koʻrganini aytdilar“[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nadwi, Abul Hasan. „Al-Sirah Al-Nabawyiah“. Ibn Kathir publication. Damascus. page 424
  2. Ali, Jawad. „Al-Mufasal Fi Tarikh Al-Arab“. Dar Al-Saqi Publication. 2001. volume 18 page 354
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Mohammad-Baqer Majlesi, Bihār al-Anwār, Al-Wafa Publication, Beirut, (1983), volume 21 page 9
  4. al-'Asqalani, Ibn Hajar. „al-Isaba fi tamyiz al-Sahaba“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah Publication. Beirut. volume 8 page 155
  5. Al-Suhayli. al-Rawḍ al-unuf fī šarḥ al-sīra al-Nabawiyya li-Ibn Hišām. wa-maʿahu al-Sīra al-Nabawiyya. Dar Ehya Al-Turath Al-Arabi Publication. Beirut. (2000). volume 7 page 98
  6. Diyar Bakari. „Tarikh al-khamis fi ahwal anfansi nafis“. Dar Sader Publication. Beirut. volume 2 page 50
  7. al-Maqrizi. „Emta Al-Asma“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah. Beirut. (1999). volume 11 page 290
  8. Al-Halabi, Burah Al-din. „Ensan Al-Ayoon“. Dar Al-Marifa Publication. Beirut. volume 2 page 738
  9. „The Book of Jihad and Expeditions - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. Sunnah.com. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
  10. Al-Maqrizi. „Emta Al-Asma“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah. Beirut. (1999). volume 11 page 292