Kontent qismiga oʻtish

Marcelė Kubiliūtė

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marcelė Kubiliūtė

Kubiliūtė 1927-yilda
Tavalludi 28-iyul 1898-yil
Vafoti 13-iyul 1963-yil(1963-07-13)
(64 yoshda)
Vilnyus, Litva SSR
Taʼlimi Vitautas Magnus universiteti
Kasbi Josus, jamoat faoli
Qarindoshlari Juozas Kubilius (akasi)
Mukofotlari Vytis Xochi ordeni
Gediminas ordeni
Buyuk Vitautas ordeni

Marcelė Kubiliūtė (1898-yil 28-iyul – 1963-yil 13-iyun) – litvalik josus va jamoat faoli. U Litvaning barcha yirik ordenlari bilan taqdirlangan yagona litvalik ayol. 1999-yilda xotiralari nashr etilgunga qadar deyarli nomaʼlum boʻlganiga qaramay hozirda u Litva razvedka xizmatlarida „afsonaviy“ shaxs sifatida tan olingan[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kubiliūte 1898-yil 28-iyulda hozirgi Litvaning shimolidagi Panemunėlis yaqinida joylashgan Tindžiuliai shahrida tugʻilgan. Uning oilasi taʼqiqlangan Litva matbuotini tarqatishda qatnashgan yaxshi taʼminlangan dehqonlar oilasi edi[2]. U ilk taʼlimni Litva madaniy hayotida faol boʻlgan mahalliy katolik ruhoniysi Jonas Katelėdan olgan[2]. Keyinchalik u Panemunėlisdagi boshlangʻich maktabda oʻqigan[3].

1912-yilda katta akasi Juozas Kubilius uni Vilnyusga olib boradi, u erda kechki maktabda oʻqiydi. Antanas Smetona tomonidan nashr etilgan Litvaning „Viltis“ gazetasi tahririyatida ishlaydiref name=skaistys/>. Uni ruhoniy Fabijonas Kemėšis Qo'shma Shtatlarga koʻchib oʻtish taklifini beradi, ammo onasi kasal boʻlib qoladi va unga gʻamxoʻrlik qilish uchun oʻz ona shahri Tindjiulyayga qaytib keladi[3].

1915-yilda nemis imperator armiyasi Vilnyusga yaqinlashganda, Kubiliūtė boshqa litvalik talabalar bilan birga Rossiyaning Voronej shahriga evakuatsiya qilinadi. U kasal boʻlib qolgani sabab ukasi Yuozas uni 1916-yilda Sankt-Peterburgga olib ketadi. Ukasi 1917-yil mart oyida vafot etgan[2]. Uning dafn marosimini Juozas Tumas-Vaižgantas boshqargan[3] . Kubiliūtė bolsheviklarni qoʻllab-quvvatlagan shoir Yuliy Yanonis bilan tanishadi. Ammo Yuliy sil kasalligiga chalingandi va shu sabab 1917-yilning may oyida oʻz joniga qasd qilgan[3].

Keyin Kubiliūtė shifokor bilan unashtiriladi, lekin shifokor Rossiyadagi fuqarolar urushida halok boʻladi[3]. Shunga qaramay, Kubiliūte 1918-yil kuzida gimnaziya va buxgalteriya kurslarini bitirishga muvaffaq boʻlgan[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kubiliūtė quyidagi mukofotlarga loyiq koʻrilgan:

  • Vitis xochi ordeni (2-toifa, 3-darajali) (1928-yil)[4]
  • Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni (4-darajali) (1928-yil)[4]
  • Mustaqillik medali (1928-yil)[2]
  • Buyuk Vitautas ordeni (5-darajali) (1930-yil)[4]
  • Miltiqchilar yulduzi (1932-yil)[2]
  • Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni (3-darajali) (1938-yil)[4]
  • Hayotni qutqaruvchi xoch (Žūvančiųjų gelbėjimo kryžius) (2020-yil)[5]

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Keserauskaitė, Vaiva; Pikčiūnienė, Laima „Legendinė Lietuvos žvalgė Marcelė Kubiliūtė apdovanota Žūvančiųjų gelbėjimo kryžiumi“ (lt). Voruta (2020-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Skaistys, Audrius „Lietuvos dukra – Marcelė Kubiliūtė“,. Garsios Lietuvos moterys (lt). Kaunas: Šaulių sąjunga, 2021 — 41–45 bet. ISBN 978-609-96236-0-3. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Levandavičiūtė, Ona (2019). "Kas augino, stiprino ir vedė" (lt). Nepriklausomybės sąsiuviniai 3 (29): 5–8. ISSN 2029-9516. https://www.rofondas.lt/wp-content/uploads/2019/11/NS_2019_329.pdf. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Kairiūkštytė, Nastazija (12 September 2023). "Marcelė Kubiliūtė" (lt). Visuotinė lietuvių enciklopedija. Mokslo ir enciklopedijų leidybos centras. https://www.vle.lt/straipsnis/marcele-kubiliute/. <!--->
  5. „Kubiliūtė Marcelė (Information)“ (lt). Rescued Lithuanian Jewish Child Tells about Shoah. Vilna Gaon Museum of Jewish History. Qaraldi: 2024-yil 17-fevral.