Kontent qismiga oʻtish

Maqomlar masalasiga doir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maqomlar masalasiga doir

1963-yilgi nashr muqovasi
Muallif(lar) Isʼhoq Rajabov
Muharrir(lar) Fayzulla Karomatov
Mamlakat SSSR bayrogʻi OʻzSSR
Til oʻzbekcha
Nashr etilgan sanasi 1963-yil
Nashriyot OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti

Maqomlar masalasiga doir (ruscha: „К вопросу о макомах“) – Isʼhoq Rajabovning 1963-yilda nashr etilgan kitobi. Unda Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari haqida haqidagi maʼlumotlar bayon etilgan.

Kitobda oʻzbek-tojik xalqlari musiqasining asoslaridan boʻlgan maqomlar haqida soʻz boradi. Tarixiy va nazariy asoslarga ega boʻlgan maqomlarning shakllanish va rivojlanish jarayonlarini isbotlab, nota misollari orqali tushuntiradi. Muallif kitobning birinchi qismida Oʻrta Osiyo xalqlari musiqasi tarixi, ud cholgʻusi, maqomning nima ekanligi, oʻn ikki maqom tizimi, sharq nota yozuvi, qadimiy kuylar va ularning shakli va shashmaqom haqida soʻz boradi. Kitobning ikkinchi qismida esa muallif shashmaqom mavzusiga chuqurlashib, uning cholgʻu va ashula yoʻllari, undagi namudlar, bundan tashqari Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, Shashmaqom ijrochiligi haqida maʼlumotlar beriladi.

Kitob 1963-yilda OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyotida nashr etilgan boʻlib, unga Fayzulla Karomatov muharrirlik qilgan[1].

  1. Isʼhoq Rajabov. Maqomlar masalasiga doir. Fayzulla Karomatov: . Toshkent: OʻzSSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1963 — 304 bet.