Manyani Anna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MANYANI (Magnani) Anna (1908.7.3 — 1973.26.9) — italyan aktrisasi. Estradaning komik saxnalarida va fojiaviy spektakllarda ham bir xil muvaffaqiyat qozongan qamrovi keng sanʼatkorlardan. M. ijrosida fojiaviylik komediya bilan uytunlashib ketishi, obrazda koʻtarinkilik, keng koʻlamli ulugʻvorlik, noziklik asosiy oʻrin tutadi. "Rim — ochiq shahar", "Yoʻldagi orzular", "Sevgi", "Eng goʻzal", "Roma ona" filmlaridagi rollari bilan jahonga tanildi. M. Gollivud filmlari ["Tatuirovkali atir gul" ("Oskar" muko-foti), "Yovvoyi shamol" (Gʻarbiy Berlin mukofoti)]da ham suratga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil